Abduraxmanov Muxtorali Abduvoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish klasterlarni tashkil etish va rivojlantirishning xudududiy hususiyatlari” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt2036.
Ilmiy rahbar: Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, dotsent;  Dadaboev Tulqinjon Yusupjonovich,  iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish klasterini hududiy tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Namangan viloyati Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chust tumanlarini pardozbop g‘isht ishlab chiqarishga, Pop tumanini esa tabiiy toshni qayta ishlash, pardozbop plitalarni ishlab chiqarishga chuqur ixtisoslashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va hududlarda olib borilayotgan qurilish ishlarini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi huzurida kengash tashkil qilish yuzasidan tavsiyalar berilgan;
Namangan viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish ob’ektlarini loyihalashtirish va tayyor ko‘p qavatli uy-joylar qurishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi 11 ta uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflari ishlab chiqilgan;
qurilish klasterlarini tashkil etish asosida Namangan viloyatida 2026 yilga qadar qurilish ishlari va qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bo‘yicha prognoz hisob-kitoblari amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyatida qurilish klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chust tumanlarini pardozbop g‘isht, Pop tumanini esa tabiiy toshni qayta ishlash hamda pardozbop plitalarni ishlab chiqarishga chuqur ixtisoslashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 09-06/12197-son ma’lumotnomasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 24 avgustdagi 05/15-2132-son ma’lumotnomasi, Namangan viloyati xokimligining 2022 yil 23 avgustdagi 02/10-3778-son ma’lumotnomasi). Ushbu ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etilishi natijasida 935 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yiliga o‘rtacha 444,1 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil qilish yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi PF-6244 son “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 09-06/12197-sonli ma’lumotnomasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 24 avgustdagi 05/15-2132-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Investisiyalar va tashqi savdo vazirliklari mas’ul xodimlaridan iborat muayyan vakolatlarga ega Kengash tashkil etilgan;
Namangan viloyatida kurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish ob’ektlarini loyixalashtirish va tayyor ko‘p qavatli uy-joylar qurishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi 11 ta uy-joy qurilish klasterlarini tashkil etish to‘g‘risila takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 21 fevralda qabul qilingan "Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-139 son Qarori loyixasini
ishlab chiqishda foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 09-06/12197-sonli ma’lumotnomasi, Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 23 avgustdagi 02/10-3778-son ma’lumotnomasi). Natijada Uychi tumanida 5ta, Namangan, Chortoq tumanlarida 2 tadan, Kosonsoy va Minbuloq tumanlarida l tadan uy joy qurilish klasterlari tashkil etilgan;
Namangan viloyatida 2026 yilga qadar qurilish ishlari va qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bo‘yicha prognoz hisob-kitoblari Namangan viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qurilish vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 09-06/12197-son ma’lumotnomasi, Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 23 avgustdagi 02/10-3778-son ma’lumotnomasi). Natijalar Namangan viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish