Raximova Mukaddas Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatini optimallashtirish tamoyillari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ss184.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqarov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Bayrieva Almagul Qurbanovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Mavlanov Jo‘rabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat hokimiyati konsepsiyasini innovatsion tadqiq etish orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati jarayonini optimallashtirish yo‘llari va vositalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
davlat hokimiyati va davlat boshqaruvining yangi zamonaviy pragmatik modeli New Public Management, Good Governance tizimi va metodlarining oqilona boshqaruv vositasi sifatida amaldagi boshqaruv faoliyatiga joriy etish zaruriyati asoslangan;
davlat hokimiyati tizimida demokratik tamoyillarga asoslangan optimallashtirish tendensiyalari vertikal tizimdan bosqichma-bosqich ravishda gorizontal shaklga transformatsiyasi amalga oshishi ochib berilgan;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ijro hisobotini eshitish mexanizmining mohiyatiga ko‘ra jamoatchilikning «onlayn» va «konsul`tativ ishtiroki» samarali mexanizm ekanligi asoslab berilgan.
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tizimlashtirishda “raqamli boshqaruvdan - raqamli nomarkazlashtirish sari” konsepti davlat platformasi xususiyatlari sifatida davlat mexanizmining funksional imkoniyatlari optimallashtirilishi sababli innovatsion g‘oyaning muhim indikatori ekanligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatiga doir yangi zamonaviy davlat boshqaruvining New Public Management pragmatik modelidan foydalanish zarurligining ilmiy jihatlari ochib berilganligiga oid ilmiy nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-son “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 32-32/4635-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishning samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar vazirlikning davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatiga doir yangi zamonaviy davlat boshqaruvining amalga oshirishga oid yoshlar bilan uchrashuvlarni tashkillashtirishda foydalanilgan;
    davlat hokimiyati tizimida demokratik tamoyillarga asoslangan optimallashtirish tendensiyalari vertikal tizimdan bosqichma-bosqich ravishda gorizontal shaklga transformatsiyasi amalga oshishidagi zamonaviy boshqaruv paradigmasi hamda davlat hokimiyati tizimida kadrlar tanlash, tayyorlash, ularda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, davlat hokimiyati tuzilmalarining o‘zaro munosabatlari, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ular samaradorligiga ijobiy ta’sir qilishi ilmiy jihatdan asoslantirilganligiga oid materiallari va ilmiy natijalari Agentlik faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2021 yil 10 iyundagi XSF-016-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar Agentlikning mamlakatimizda kadrlarning salohiyatini yuksaltirish, ular bilan ishlashning demokratik tamoyillarini joriy qilish bilan bog‘liq harakatlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan; 
jamiyatda kechayotgan innovatsion jarayonlar sharoitida davlat hokimiyati tizimini demokratik tamoyillarga asoslangan optimallashtirish tendensiyasi, davlat boshqaruv organlari tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ijro organlari hisobotini eshitishda jamoatchilikning “onlayn” va “konusltativ ishtiroki” samarali mexanizmga aylana borishi asoslab berilgan. Tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tizimlashtirishga asos bo‘luvchi “raqamli boshqaruvdan-raqamli nomarkazlashtirish sari” konsepti bugungi nomarkazlashtirish jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi faolligining yanada oshishiga xizmat qilishi, shu orqali mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlariga ijobiy ta’sir qilishi asoslab berilgan. Ilmiy tadqiqotda ilgari surilgan xulosalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi” ijrosini ta’minlash bo‘yicha Tadbirkorlar va Ishbilarmonlar harakati –
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2022 yil 10 avgustdagi 01-27-380-son ma’lumotnoma). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan ijobiy natijalar partiya tomonidan yosh kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan seminar treninglar, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan; 
    dissertatsiyada keltirilgan taklif va xulosalari yuqoridagi g‘oyaga hamohang Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini izchil davom ettirish yo‘lida o‘z echimini kutayotgan masalalarni hal etishda xizmat qiladi hamda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qarorlarning qabul qilinishi va ijro hisobotini eshitishda jamoatchilikning “onlayn” va “konsul`tativ ishtiroki” samarali mexanizmlarga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 24 avgustdagi 02-228-son ma’lumotnoma). Natijada davlat boshqaruviga “rivojlanish maqsadlarini belgilashda, davlat dasturlari va loyihalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda” yangicha yondashuv va ularni amalga oshirishda “keng jamoatchilik ishtiroki” muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash tizimini joriy qilish bo‘yicha monitoring.uz portali loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish