Abrarov Islomiddin Djamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki: holati va istiqbollari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ss295.
Ilmiy rahbar: Kuranbaev Qahramon Kuchqarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlar doktori, professor; Tashanov Abduxoliq Daynovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yoshlarning davlat boshqaruviga jalb qilish va ular ishtiroki samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi (yoshlarni davlat xizmati, davlat hokimiyati, hududiy boshqaruv, siyosiy boshqaruv, tahliliy fikrlash, stressga bardoshlilik, nizolarni boshqarish, notiqlik, siyosiy yetakchilik) professional kompetensiyalarni yanada shakllantirishga oid takliflar ishlab chiqilgan;
yoshlarning davlat hokimiyati va boshqaruvida ishtirokini faollashtiruvchi hamda susaytiruvchi ekzostereotip va endostereotiplarning ayrim jihatlari ochib berilgan;
iqtidorli yosh kadrlarni seleksiya qilish (ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini agregatsiya qilish, shaxslararo kommunikatsiyalarni rivojlantirish, yosh liderlarni tarbiyalash, OAVlar bilan ishlash, siyosiy madaniyat va siyosiy ambisiyalarini shakllantirish, siyosiy tahlilga o‘rgatish va h.k.) natijasida yangi avlod rahbar kadrlarini tarbiyalash tizimi samaradorligining oshishiga olib kelishi asoslab berilgan;
davlat boshqaruvida yoshlar ulushini oshirish tizimda kadrlar muvozanati va vorisiylik prinsipini ta’minlanishining muhim omili ekanligi asoslangan (gender, yosh senzi, tezkorlik, funksionallik, kreativlik) kabi indikatorlar yanada takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokining holati va istiqbollari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari asosida: 
yoshlarning davlat boshqaruviga jalb qilish va ular ishtiroki samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi (yoshlarni davlat xizmati, davlat hokimiyati, hududiy boshqaruv, siyosiy boshqaruv, tahliliy fikrlash, stressga bardoshlilik, nizolarni boshqarish, notiqlik, siyosiy yetakchilik) professional kompetensiyalarni shakllantirish borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 16 avgustdagi 4-13-23-2563-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tadqiqotning davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida yoshlarning faol ishtirok etishini ta’minlash, ularning axloqiy imperativlarini rivojlantirish, davlat boshqaruvining yuqori va mahalliy institutlaridagi ta’sirchanligini oshirish hamda boshqaruv hokimiyatining mahalliy bo‘g‘inlarida umumiy o‘zgarish tendensiyalarini ijodiy-tanqidiy baholash, strategik qarorlar qabul qilishga doir Agentlik tomonidan tashkil etilgan seminar treninglarda foydalanilgan;
yoshlarning davlat hokimiyati va boshqaruvida ishtirokini faollashtiruvchi yoki susaytiruvchi ekzostereotip va endostereotiplarning ayrim jihatlari inobatga olish kerakligiga oid taklif va tavsiyalardan qonunchilikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2022 yil 15 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning davlat hokimiyati va boshqaruviga jalb qilishi va ularni seleksiya qilishda ekzostereotip va endostereotiplarni inobatga olishi takliflaridan yo‘riqnoma ishlab chiqishda foydalanilgan;
 iqtidorli yosh kadrlarni seleksiya qilish (ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini agregatsiya qilish, shaxslararo kommunikatsiyalarni rivojlantirish, yosh liderlarni tarbiyalash, OAVlar bilan ishlash, siyosiy madaniyat va siyosiy ambisiyalarini shakllantirish, siyosiy tahlilga o‘rgatish va h.k.) natijasida yangi avlod rahbar kadrlarini tarbiyalash tizimi samaradorligining oshishiga olib kelishi, qolaversa, davlat boshqaruvida yoshlar ulushini oshirish tizimda kadrlar muvozanati va vorisiylik prinsipini ta’minlanishining muhim omili ekanligi asoslangan (gender, yosh senzi, tezkorlik, funksionallik, kreativlik) kabi indikatorlar yanada takomillashtirilgan. Ushbu takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida qo‘llanilgan (Institutning 2021 yil 30 noyabrdagi 01-12/362-son ma’lumotnomasi) Erishilgan natijalardan O‘zbekistonda yosh davlat xizmatchisining qiyofasini yaratish, ularda davlat xizmatida samaradorlikka erishish borasida yaratilgan o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirishda foydalanilgan; 
davlat boshqaruvida yoshlar ulushini oshirish tizimda kadrlar muvozanati va vorisiylik prinsipini ta’minlanishining muhim omili ekanligi asoslangan (gender, yosh senzi, tezkorlik, funksionallik, kreativlik) kabi indikatorlar yanada takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Markaziy kengashining qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022 yil 16 avgustdagi 01-27/384-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tomonidan yosh kadrlarni tanlash, ular malakasini oshirish, qayta tayyorlash, davlat hokimiyati boshqaruvi organlariga nomzod sifatida yoshlar qatlamidan ko‘rsatilishi, ularni shakllantirishda yoshlar sonining orttirishga qaratilgan harakatlar dasturida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish