Luxmanova Zarina Talibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siyosiy rejimlarning barqarorligini ta’minlashda yoshlar siyosatini standartizatsiyalash mexanizmlari va texnologiyalari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar. (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss143.
Ilmiy rahbar: Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxodir Xojikurbonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Parmanov Farxod Yarashevich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda barqarorlikni ta’minlashda yoshlar siyosatining standart mexanizmlari va texnologiyalarining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yoshlarga oid siyosatni samarali amalga oshirishning standart mexanizmlari sifatida yoshlar siyosatining me’yoriy-huquqiy bazasi, yoshlar tashkilotlari, yoshlar loyihalari va dasturlari, moliyalashtirish manbalari, ko‘ngillilar faoliyati, tadqiqot markazlari, kadrlar tayyorlash va yoshlar siyosatini baholash indeksi ko‘rsatib berilgan;
yoshlar siyosati, rivojlanish darajasidagi o‘zgarishlariga ko‘ra, demokratiya va gibrid rejimlardagi barqarorlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi hamda rejimlarning barqarorligini saqlab qolish uchun kooptatsion boshqaruv mexanizmini amalga oshirishi asoslab berilgan;
siyosiy rejim barqarorligini ta’minlashda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishning standart mexanizmi sifatida Milliy yoshlar siyosatini o‘lchash indeksi belgilab berilgan;
Milliy yoshlar siyosatini o‘lchash indeksining yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ijtimoiy faolligi, davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati, yoshlarga oid davlat siyosati va uning infratuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yoshlarga oid davlat siyosatining moliyalashtirilishi kabi indikatorlar aniqlandi hamda hisoblash metodikasi (birinchi marotaba FMLDEA hisoblash metodi qo‘llanilgan) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Standart mexanizmlar va texnologiyalar orqali siyosiy rejimlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar va tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarga oid siyosatni samarali amalga oshirishning standart mexanizmlari sifatida yoshlar siyosatining me’yoriy-huquqiy bazasi, yoshlar tashkilotlari, yoshlar loyihalari va dasturlari, moliyalashtirish manbalari, ko‘ngillilar faoliyati, tadqiqot markazlari, kadrlar tayyorlash va yoshlar siyosatini baholash indeksi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali «Madaniy-ma’rifiy va badiiy dasturlar» DUK tahririyati tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston yoshlari», «Ta’lim va taraqqiyot» (2021 yil yanvar`-fevral`) dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 apreldagi 04-25-547-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan yoshlarga oid ssenariy va dasturlarni tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlar siyosati, rivojlanish darajasidagi o‘zgarishlariga ko‘ra, demokratiya va gibrid rejimlardagi barqarorlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi hamda rejimlarning barqarorligini saqlab qolish uchun kooptatsion boshqaruv mexanizmini amalga oshirishiga oid xulosalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda partiya «Yoshlar qanoti» faoliyatini yanada takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 12 maydagi 3-219-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosa va tavsiyalar jamiyatimiz hamda davlatimizning ijtimoiy-siyosiy islohotlari jarayonida yoshlar va siyosiy partiyaning yoshlar qanoti rolini mustahkamlash dasturlarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
siyosiy rejim barqarorligini ta’minlashda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishning standart mexanizmi sifatida Milliy yoshlar siyosatini o‘lchash indeksi to‘g‘risidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining 2020 yil 16 dekabrdagi 165-son Bayonnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 yanvardagi 23-son qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 19 apreldagi 4-13-23-989-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu davlat yoshlar siyosatining amalga oshirilishini monitoring qilish, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish imkonini berdi;
Milliy yoshlar siyosatini o‘lchash indeksining yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ijtimoiy faolligi, davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati, yoshlarga oid davlat siyosati va uning infratuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yoshlarga oid davlat siyosatining moliyalashtirilishi kabi indikatorlar aniqlandi hamda hisoblash metodikasiga doir (birinchi marotaba, FMLDEA hisoblash metodi qo‘llanilgan) taklifidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 dekabrdagi 165-son Bayonnomasida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 19 apreldagi 4-13-23-989-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ishlab chiqilgan metodika davlat yoshlar siyosati tomonidan belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirishdagi xato va kamchiliklarni aniq baholash va tahlil qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish