Yusubov In’omjon Ikram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Mintaqada raqamli iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellari»,   08.00.06 - Ekonometrika va statistika, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1893.
Ilmiy rahbarlar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqticodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Mahmudov Suxrob Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada raqamli iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish yo‘nalishlarini tahlil qilish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning umumiy darajasi inson kapitali bo‘yicha yuqori (70.9 foiz), AKT qamrovi bo‘yicha o‘rta (59,7 foiz), an’anaviy ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha quyi (49,9 foiz) darajalarini qiyoslash asosida mintaqaviy barqarorlikka erishish imkoniyatlari asoslangan;
mintaqa iqtisodiyotini raqamlashtirishni Urganch shahri yuqori (90-96 ball), Urganch tumani o‘rta (62-67 ball),  Bog‘ot, Xazorasp va Honqa tumanlarida sust (35-41 ball),  Qo‘shko‘pir, Yangibozor va Gurlan tumanlari zaif (26-31 ball) darajalari asosida reyting baholash tizimi taklif qilingan;
mintaqada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari faoliyatini   raqamlashtirish asosida tranzaksiya va replikatsiya xarajatlari hajmini markazlashgan o‘rtacha darajalarni optimallashtirish yordamida 80 foizdan 30 foizgacha qisqartirish taklifi asoslangan;
mintaqada raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim ko‘rsatkichlarini 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ekonometrik modellar asosida  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada raqamli iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning umumiy darajasi inson kapitali bo‘yicha yuqori (70,9 foiz), AKT qamrovi bo‘yicha o‘rta (59,7 foiz), an’anaviy ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha quyi (49,9 foiz) darajalarini qiyoslash asosida mintaqaviy barqarorlikka erishish imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar Xorazm viloyati hokimining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 iyuldagi 11-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 avgustdagi 02/41-2-10/10-3782-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida mintaqada raqamli platformalardan keng foydalanish, korxona va tashkilotlarda inson kapitali darajasini yanada oshirish hamda AKT qamrovini kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga imkon bergan;
mintaqa iqtisodiyotini raqamlashtirishni Urganch shahri yuqori (90-96 ball), Urganch tumani o‘rta (62-67 ball), Bog‘ot, Xazorasp va Honqa tumanlarida sust (35-41 ball),  Qo‘shko‘pir, Yangibozor va Gurlan tumanlari zaif (26-31 ball) darajalari asosida reyting baholash tizimi bo‘yicha ilmiy takliflar Xorazm viloyati hokimining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 iyuldagi 11-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 avgustdagi 02/41-2-10/10-3782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida mintaqa shahar va tumanlarining raqamlashtirish darajasi bo‘yicha reytingini aniqlash imkoniyati yaratildi hamda mintaqa iqtisodiyotni optimal tartibga solish yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
mintaqada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari faoliyatini   raqamlashtirish asosida tranzaksiya va replikatsiya xarajatlari hajmini markazlashgan o‘rtacha darajalarni optimallashtirish yordamida 80 foizdan 30 foizgacha qisqartirish bo‘yicha ilmiy takliflar Xorazm viloyati hokimining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 iyuldagi 11-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 avgustdagi 02/41-2-10/10-3782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida mintaqa raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim tarkibiy qismlarini samarali foydalanish orqali moddiy va moliyaviy xarajatlaring o‘rtacha darajalarini markazlashtirish asosida markazlashgan o‘rtacha xarajatlar xajmini minimal darajaga tushirish uchun zamin yaratgan;
mintaqada raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim ko‘rsatkichlarini 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilishi natijasida berilgan taklif Xorazm viloyati hokimining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 iyuldagi 11-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 avgustdagi 02/41-2-10/10-3782-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mintaqa raqamli iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim ko‘rsatkichlarini o‘rta muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyati yaratilgan hamda ko‘zda tutilgan muddatlarda YaHM hajmini 6,5-9,5 foizgacha o‘sish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish