Shaislamova Nargiza Kabilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risklarni baholash va ularni pasaytirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1235.
Ilmiy rahbar: Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Hosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risklarni baholash va ularni pasaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya loyihalariga ta’sir etuvchi risklarni baholashda risk darajasini loyiha umumiy qiymati chegarasining 15 foizidan oshirmaslikning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
risklarni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash, sug‘urtalash va kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun loyiha umumiy qiymatining 10 foizi miqdorida zaxiralash orqali investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risklarni pasaytirish taklif etilgan;
investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risk omillarini sifat ko‘rsatkichilari salmog‘i chegarasini 40 foiz va miqdoriy ko‘rsatkichlar salmog‘i chegarasini 60 foiz etib belgilash asosida loyihani moliyalashtirishga qabul qilish taklif etilgan;
kredit ta’minotiga qo‘yilgan aktiv qiymatidan, o‘z kapitali va tushum miqdoridan ulush hisoblash orqali hamda qarz oluvchining qanday kredit riski guruhiga mansubligidan kelib chiqib, investisiya loyihalariga kredit berish limitini belgilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risklarni baholash va ularni pasaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
investisiya loyihalariga ta’sir etuvchi risklarni baholashda risk darajasini loyiha umumiy qiymati chegarasini 15 foizidan oshirmaslikning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklifi «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 28 yanvardagi 4-son «Kredit siyosati» va 2022 yil 22 fevraldagi 7-son «Yuridik shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi Nizomi ishlab chiqilishida foydalanilgan («Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 20 iyuldagi 01/4765-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya loyihalarini moliyalashtirish hajmini 1,12 barobarga oshirilishiga erishilgan;
risklarni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash, sug‘urtalash va kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun loyiha umumiy qiymatining 10 foizi miqdorida zaxiralash orqali investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risklarni pasaytirish taklifi «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 28 yanvardagi 4-son «Kredit siyosati» va 2022 yil 22 fevraldagi 7-son «Yuridik shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi Nizomi ishlab chiqilishida foydalanilgan («Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 20 iyuldagi 01/4765-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini moliyalashtirish hajmi 13 foizga o‘sgan;
investisiya loyihalariga ta’sir qiluvchi risk omillarini sifat ko‘rsatkichlari salmog‘i chegarasini 40 foiz va miqdoriy ko‘rsatkichlar salmog‘i chegarasini 60 foiz etib belgilash asosida loyihani moliyalashtirishga qabul qilish haqidagi taklif «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 28 yanvardagi 4-son «Kredit siyosati» va 2022 yil 22 fevraldagi 7-son «Yuridik shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi Nizomi ishlab chiqilishida foydalanilgan («Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 20 iyuldagi 01/4765-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmining 111,8 foizga o‘sishiga erishilgan;
kredit ta’minotiga qo‘yilgan aktiv qiymatidan, o‘z kapitali va tushum miqdoridan ulush hisoblash orqali hamda qarz oluvchining qanday kredit riski guruhiga mansubligidan kelib chiqib, investisiya loyihalariga kredit berish limitini belgilash taklifi «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 28 yanvardagi 4-son «Kredit siyosati» va 2022 yil 22 fevraldagi 7-son «Yuridik shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi Nizomi ishlab chiqilishida foydalanilgan («Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining 2022 yil 20 iyuldagi 01/4765-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, bank tomonidan investisiya loyihalariga berilgan kreditlar bo‘yicha oladigan foizli daromadini 16 foizga ko‘payishiga erishilgan.