Xayitov Saidjon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘o‘zbekiston Respublikasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1398.
Ilmiy rahbar: Asqarova Mavluda Turabovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bo‘stonov Mansur Mardonqulovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mintaqalarda chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarish uchun mahalliy hokimlik va tadbirkorlar sherikligida kichik  turdagi qayta ishlash korxonalarini o‘zaro tegishli vakolat va majburiyatlarni taqsimlash asosida tashkil etish asoslangan; 
davlat va kichik biznes o‘rtasidagi hamkorlikning yangi samarali shakli sifatida investisiya resurslarini jalb etishning gibrid mexanizmi asosida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy fondini shakllantirish taklifi asoslangan;  
davlat-xususiy sheriklik loyihalariga ichki va tashqi investisiyalar kiritishni moliyalashtirish fondini tashkil etish taklifi asoslangan;
bevosita mas’ul institutlar tomonidan mazmunan va tashkiliy jihatdan taqsimlash imkoni mavjud bo‘lgan tijorat tavsifidagi yirik DXSh loyihalarini alohida kichik hajmli moliyaviy DXSh loyihalariga ajratish orqali hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy soha tarmoqlari faoliyati samaradorligini ta’minlash asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
mintaqalarda chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarish uchun mahalliy hokimlik va tadbirkorlar sherikligida kichik  turdagi qayta ishlash korxonalarini o‘zaro tegishli vakolat va majburiyatlarni taqsimlash asosida tashkil etish taklifi «Hududlarda davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish» dasturi asosida chiqindilarni qayta ishlash punktlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 06/04-01-37/3298-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent, Namangan, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida 9 ta DXSh loyihasi doirasida viloyat tadbirkorlari tashabbusi bilan 237,3 mlrd. so‘m investisiya jalb etilib, mahalliy aholi uchun 45 ta yangi ish o‘rni yaratilgan;
davlat va kichik biznes o‘rtasidagi hamkorlikning yangi samarali shakli sifatida investisiya resurslarini jalb etishning gibrid mexanizmi asosida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy fondini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 avgustdagi 509-son «Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasi 5-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 06/04-01-37/3298-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xususiylashtirishdan keyin tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus investisiya fondi shakllantirilib, mamlakat taraqqiyotiga mas’ul mahalliy banklarning funksiyalari belgilab berilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihalariga ichki va tashqi investisiyalar kiritishni moliyalashtirish fondini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 06/04-01-37/3298-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi dasturlariga davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 mlrd. AQSh dollari hisobida investisiyalarni jalb etish vazifasi kiritilgan;
bevosita mas’ul institutlar tomonidan mazmunan va tashkiliy jihatdan taqsimlash imkoni mavjud bo‘lgan tijorat tavsifidagi yirik DXSh loyihalarini alohida kichik hajmli moliyaviy DXSh loyihalariga ajratish orqali hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy soha tarmoqlari faoliyat samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Hududlarda davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish» dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 06/04-01-37/3298-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida DXSh dasturi bo‘yicha individual kapital qiymati 10 mln. AQSh dollari bo‘lgan yirik va umumiy qiymati qariyb 8 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan 20 ta o‘rta loyihalar amaliyotga joriy qilinib, 2020 – 2022 yillarda oraliq qiymati 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan 130 ta loyiha konsepsiyalari ishlab chiqilgan va moliyalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish