Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlari pul oqimini prognoz qilish yo‘llarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt414.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari pul oqimini prognoz qilish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonaning reinvestisiyaga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kapital (Ak), aylanma kapital (Kk) va amortizatsiya xarajatlari (Ek) o‘zgarishi o‘zaro bog‘liqligining Ak>Kk>Ek talabiga muvofiqligini aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyat me’yorlariga qat’iy amal qilishni ta’minlash orqali erkin pul oqimlarining hajmini 2 barobarga oshirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari diskontlangan pul oqimini prognoz qilishni amalga oshirishda kapitalning o‘lchangan qiymati (WACC)ning maqbul chegarasini 0,15<WACC<0,18 oraliqda ta’minlash orqali jamiyatning prognoz qilinayotgan davridagi joriy pul oqimini 1,5 barobarga oshish imkoniyati asoslangan;
korxona pul oqimining yuqori samaradorligini baholashda foydalaniladigan samaradorlik mul`tiplikator ko‘rsatkichlari hisoblangan to‘lov qobiliyati (Ktq≥0,4), bivera (0,17≤Kbiv≤0,4), sof pul oqimlari etarligi (Kspo≥1,0) koeffisientlari eng maqbul darajasini aniqlash orqali aksiyadorlik jamiyatlari sof pul oqimlarining samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar orqali vaqtlar qatori regression ekonometrik model` asosida “Andijondonmahsulot”, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” hamda “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlarining 2025 yilga qadar sof pul oqimlarining prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarining pul oqimlarini prognoz qilishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
korxonaning reinvestisiyaga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kapital (Ak), aylanma kapital (Kk) va amortizatsiya xarajatlari (Ek) o‘zgarishi o‘zaro bog‘liqligining Ak>Kk>Ek talabiga muvofiqligini aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyat me’yorlariga qat’iy amal qilishni ta’minlash orqali erkin pul oqimlarining hajmini 2 barobarga oshirish taklifi “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 19 avgustdagi 
30-06/1945-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapital, aylanma kapital va amortizatsiya xarajatlari prognoz qilish hamda  jamiyatning reinvestisiyaga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari  aniqlash imkoniyati yaratilib, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning sof reinvestisiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lari 2021 yilda 90,3 mlrd. so‘mga etgan;
aksiyadorlik jamiyatlari diskontlangan pul oqimini prognoz qilishni amalga oshirishda kapitalning o‘lchangan qiymati (WACC)ning maqbul chegarasini 0,15<WACC<0,18 oraliqda ta’minlash orqali jamiyatning prognoz qilinayotgan davridagi joriy pul oqimini 1,5 barobarga oshish taklifi “Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 
19 avgustdagi 01-14/404-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz qilinayotgan pul oqimlari orqali aksiyadorlik jamiyatining investisiya salohiyati, kapital byudjetni shakllantirishga sarflanadigan xarajatlar me’yorini aniqlash imkoniyatini berib, “Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yilga prognoz qilinayotgan ekin pul oqimlarini joriy qiymati 6,4 mlrd. so‘mga etishi aniqlangan;
korxona pul oqimining yuqori samaradorligini baholashda foydalaniladigan samaradorlik mul`tiplikator ko‘rsatkichlari hisoblangan to‘lov qobiliyati (Ktq≥0,4), bivera (0,17≤Kbiv≤0,4), sof pul oqimlari etarligi (Kspo≥1,0) koeffisientlari eng maqbul darajasini aniqlash orqali aksiyadorlik jamiyatlari sof pul oqimlarining samaradorligini oshirish taklifi “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan   (“Qo‘qon mexanika zavodi" aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 14 oktyabrdagi 14/08-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati pul oqimining samaradorligini baholash va pul oqimlarini samarali boshqarish hamda aksiyadorlik jamiyatining to‘lov qobiliyatini barqarorligini aniqlash imkoni yaratilib, “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati majburiyatlarini bajarish uchun sof pul mablag‘lari etarligi koeffisienti 2021 yilda 2017 yilga nisbatan 2,7 barobarga o‘sishi ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar orqali vaqtlar qatori regression ekonometrik model` asosida “Andijondonmahsulot”, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” hamda “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlarining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan sof pul oqimlarining prognoz ko‘rsatkichlari tegishli korxonalar tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 19 avgustdagi 01-14/404-son, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 19 avgustdagi 30-06/1945-son, “Qo‘qon mexanika zavodi" aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 14 oktyabrdagi 
14/08-1-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining pul oqimlarini prognoz qilishga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini aniqlash orqali sof pul oqimlari prognozi aksiyadorlik jamiyatlarining sof pul oqimini uzoq va qisqa muddatda o‘zgarishini aniqlashga imkonini berib, “Andijondonmahsulot”, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” hamda “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlarining 2025 yilda sof pul oqimining hajmi 11,1 mlrd. so‘mga etishi aniqlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish