Naurizbaev Aliakbar Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1700. 
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II.Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ipoteka qimmatli qog‘ozlari va «Sukuk» obligatsiyalarini joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy valyutadagi moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida evroobligatsiyalarni emissiya qilish taklif etilgan;
IPO va SPO yo‘li bilan aksiyalarni taqsimlash anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida amalga oshirish taklif etilgan;
kapital aktivlar qiymatini baholash modelidan foydalangan holda aksiyalarning kutilayotgan daromadlilik darajasini yanada oshirish zarurligi ilmiy asoslangan.
Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar asosida:
ipoteka qimmatli qog‘ozlari va «Sukuk» obligatsiyalarini joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi M/01-09/751-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aksiyadorlik jamiyatlariga turli instrumentlar orqali investisiyalarni jalb qilish imkonini kengaytirgan hamda qimmatli qog‘ozlar bozori orqali aksiyadorlik jamiyatlariga jalb qilinayotgan investisiyalar miqdorini 10 foizgacha oshirishga imkon bergan;
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy valyutadagi moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida evroobligatsiyalarni emissiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi M/01-09/751-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirilish manbalari xorijiy valyutada 2020 yilga nisbatan 38 foizga oshirish imkoniyatini bergan;
IPO va SPO yo‘li bilan aksiyalarni taqsimlash anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida amalga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi M/01-09/751-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aksiyadorlik jamiyatlariga qisqa muddatli investisiyalarni past kapital bahosida jalb qilish imkoniyatini bergan;
kapital aktivlar qiymatini baholash modelidan foydalangan holda aksiyalarning kutilayotgan daromadlilik darajasini yanada oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi M/01-09/751-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlarining xususiy kapitalidan olinishi kutilayotgan daromadlilik darajasini 2021 yilda 17 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish