Zakimov Aybek Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qizilmiya etishtirish va qayta ishlash tizimida kooperatsiyani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt767.
Ilmiy rahbar: Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Ulug‘bek Kambarbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik sharoiti murakkab mintaqada qizilmiya etishtirish va qayta ishlash tizimida kooperatsiyani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi”ni qizilmiyani etishtiruvchilarni birlashtiruvchi hamda xizmat ko‘ratuvchi turli infratuzilma sub’ektlarini birlashtiruvchi kooperatsiya shakllariga aylantirish orqali sub’ektlarning mulkchilik, shartnoma va boshqa iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishdagi manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va kooperatsiya samadorligini oshirish taklifi asoslangan;
mintaqada qizilmiya ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida rivojlantirish orqali iqtisodiy (eksport daromadini 2,8 martaga oshirish), ijtimoiy-iqtisodiy (ishsizlik darajasini qisqartirish, aholi daromadini oshirish), ekologik (sho‘rlangan erlarni kamaytirish), demografik (ishchi kuchi ko‘chib ketishining oldini olish) samaralardan iborat umumiy samaraga erishish asoslangan;
mintaqada qizilmiyani etishtiruvchilar gorizontal kooperatsiyasining tashkiliy tuzilmasi faoliyatini kooperatsiya ishtirokchilari o‘rtasidagi foydani muqobil taqsimlashda kooperativ xarajatlari va dividend to‘lovlari (0,7:0,3), pay badallarini to‘ldirish va badallar qoldig‘i (0,8:0,2) nisbatini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
mintaqada qizilmiyani etishtirish, qayta ishlash va sotish salohiyatini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025 yilga qadar mo‘ljallangan qizilmiyani etishtirish va qayta ishlash hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi. Qizilmiya etishtirish va qayta ishlash tizimida kooperatsiyani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar asosida:
“Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi”ni qizilmiyani etishtiruvchilarni birlashtiruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi turli infratuzilma sub’ektlarini birlashtiruvchi kooperatsiya shakllariga aylantirish orqali sub’ektlarning mulkchilik, shartnoma va boshqa iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishdagi manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va kooperatsiya samadorligini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 28 apreldagi 09/575-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qizilmiyani ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish samaradorligini oshirish hamda kooperatsiyadan olingan foydani optimal taqsimlashga erishish imkoni yaratilgan;
mintaqada qizilmiya ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida rivojlantirish orqali iqtisodiy (eksport daromadini 2,8 martaga oshirish), ijtimoiy-iqtisodiy (ishsizlik darajasini qisqartirish, aholi daromadini oshirish), ekologik (sho‘rlangan erlarni kamaytirish), demografik (ishchi kuchi ko‘chib ketishining oldini olish) samaralardan iborat umumiy samaraga erishish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 28 apreldagi 09/575-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada qizilmiya ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida rivojlantirish orqali olinadigan umumiy (iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik) samara hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqada qizilmiyani etishtiruvchilar gorizontal kooperatsiyasining tashkiliy tuzilmasi faoliyatini kooperatsiya ishtirokchilari o‘rtasidagi foydani muqobil taqsimlashda kooperativ xarajatlari va dividend to‘lovlari (0,7:0,3), pay badallarini to‘ldirish va badallar qoldig‘i (0,8:0,2) nisbatini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 28 apreldagi 09/575-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qizilmiyani etishtirish, qayta ishlash va sotish hajmini o‘rtacha 1,5 foizga oshishiga xizmat qilgan;
mintaqada qizilmiyani etishtirish, qayta ishlash va sotish salohiyatini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025 yilga qadar mo‘ljallangan qizilmiyani etishtirish va qayta ishlash hajmining ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 28 apreldagi 09/575-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi er maydonlarining kamida 10 %ga kengayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 55,4 %, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi soni 0,6 foizga oshishi mumkinligi aniqlangan.