Adizov Baxtiyor Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion rivojlanish sharoitida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt653.
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Kayrulla, iqticodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion rivojlanish sharoitida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligi omillari tashqi (institutsional, talab va taklif, ijtimoiy hamkorlik, OTMning akademik va moliyaviy mustaqilligi) va ichki (investision va innovatsion faollik, tashqi ta’sirlarga moslashuvchanlik, reyting va imij, kadrlar tayyorlash ta’lim strategiyasi) omil guruhlari hamda dastlabki ishga joylashish jarayonidagi ta’sir etuvchi omillar (moddiy ta’minlanish, ish o‘rnini topish, bandlik sharoiti, korxonalarning jozibadorligi, ish yuklamasining intensivligi) yordamida asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligining integral koeffisienti (
) ni tatbiq etish orqali bitiruvchilar raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini psixofiziologik, kasbiy-malaka omillari asosida boshqaruv samaradorligini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
bitiruvchilarning birlamchi ishga joylashganlar, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, innovatsiyalarga qilingan xarajatlar hajmi va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini o‘zaro ta’sirini ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion rivojlanish sharoitida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligi omillari tashqi (institutsional, talab va taklif, ijtimoiy hamkorlik, OTMning akademik va moliyaviy mustaqilligi) va ichki (investision va innovatsion faollik, tashqi ta’sirlarga moslashuvchanlik, reyting va imij, kadrlar tayyorlash ta’lim strategiyasi) omil guruhlari hamda dastlabki ishga joylashish jarayonidagi ta’sir etuvchi omillar (moddiy ta’minlanish, ish o‘rnini topish, bandlik sharoiti, korxonalarning jozibadorligi, ish yuklamasining intensivligi) yordamida asoslash bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2022 yil 3 oktyabrdagi “Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida”gi VI-64-118-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 946/04-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni ustuvorlik darajasi aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligining integral koeffisienti (
) ni tatbiq etish orqali bitiruvchilar raqobatbardoshligini baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2022 yil 3 oktyabrdagi “Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida”gi VI-64-118-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 946/04-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro va Farg‘ona davlat universitetlari bitiruvchilarining 4 ta guruh omillari ta’siridagi raqobatbardoshlik darajasi aniqligi 13 - 17 foizga ortgan;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini psixofiziologik, kasbiy-malaka omillari asosida boshqaruv samaradorligini oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2022 yil 3 oktyabrdagi “Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida”gi VI-64-118-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 946/04-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilar raqobatbardoshligini boshqarish samaradorligi 7 - 11 foizga ortgan;
bitiruvchilarning birlamchi ishga joylashganlar faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari soni, innovatsiyalarga qilingan xarajatlar hajmi va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini o‘zaro ta’siri orqali ko‘p omilli model` asosida 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilishi bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2022 yil 3 oktyabrdagi “Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida”gi VI-64-118-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 946/04-07-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining birlamchi ishga joylashganlar soni va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omil ko‘rsatkichlarini korrelyasion-regression tahlili asosida bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirish strategiyalari ishlab chiqilgan.