Amirov Asqar Aktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1506.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalarida majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni hisobot davrida to‘g‘ri aks ettirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida 6420 - «Foyda solig‘i bo‘yicha qarzlar» nomli ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
6991-«Restrukturizatsiyalash bilan bog‘liq majburiyatlar» nomli ishchi schyotni kiritish asosida majburiyatlar bo‘yicha hisob siyosati takomillashtirilgan;
moliyaviy hisobot axborotlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida
6992-«Hamkor korxonalarga to‘lanadigan schyotlar», 6993-«Qo‘shma korxonalarga to‘lanadigan schyotlar», 7992-«Hamkor korxonalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar» va 7993-«Qo‘shma korxonalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar» ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun majburiyatlar ichki auditi bo‘yicha besh bosqichli umumiy audit rejasi va dasturi ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni hisobot davrida to‘g‘ri aks ettirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida 6420 - «Foyda solig‘i bo‘yicha qarzlar» nomli ishchi schyotini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 22-8/6959-son ma’lumotnomasi). Natijada, foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni hisobot davrida to‘g‘ri aks ettirilishiga va buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o‘rtasidagi nomuvofiqliklarning oldi olinishiga erishilgan;
6991-«Restrukturizatsiyalash bilan bog‘liq majburiyatlar» nomli ishchi schyotni kiritish asosida majburiyatlar bo‘yicha hisob siyosatini takomillashtirish  taklifi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 22-8/6959-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, majburiyatlar bo‘yicha buxgalteriya axborotlarining to‘g‘ri va shaffof shakllanishiga erishilgan;
6992-«Hamkor korxonalarga to‘lanadigan schyotlar», 6993-«Qo‘shma korxonalarga to‘lanadigan schyotlar», 7992-«Hamkor korxonalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar» va 7993-«Qo‘shma korxonalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar» ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 22-8/6959-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot tarkibida hamkor va qo‘shma korxonalarga bo‘lgan majburiyatlarning aniq aks etishiga va hisobot ma’lumotlarining shaffofligini oshishiga erishilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun majburiyatlar ichki auditi bo‘yicha besh bosqichli umumiy audit rejasi va dasturini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 5 martdagi 44-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan «Ichki audit to‘g‘risida» Nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 22-8/6959-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, majburiyatlar ichki auditi umumiy rejasi va dasturining sifatli tuzilishi hamda auditorlik tekshiruvlarini to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish