Mirxayidov Miraziz Mirxoliq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni operatsiyaga tayyorlash kompleksini takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD /Tib771.
Ilmiy rahbar: Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Fomenko Irina Valer`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Ege universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarni birlamchi (xeyloplastika) operatsiya oldi tashhislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antropometrik o‘lchovlar orqali yuqori lab va tanglaydagi patologik aniqlangan o‘zgarishlar darajasi tahlil qilinib, ortodontik davoga tasiya qilingan;
uch o‘lchamli skaner oraqli yuzdagi ikkilamchi deformatsiyalar darajasi aniqlangan va shu asosida ortodontik operatsiya oldi davo rejasi ishlab chiqilgan;
zamonaviy kompyuter tomografiya va 3D skaner yordamida suyak qalinligini aniqlangan va mikroimplant o‘rnatish joyi, uzunligi va diametriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma olingan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarni ortoimplant yoki moldingli plastinka yordamida operatsiya oldi tayyorlashning ilmiy asoslangan uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarning operatsiya oldi davolash kompleksini takomillashtirish ilmiy natijalari asosida:
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni operatsiyaga tayyorlash kompleksini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemor bolalarda operatsiyadan oldin va keyin uch o‘lchamli skanerlash texnologiyasini  qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 8n-d/589-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni operatsiyaga tayyorlash kompleksini takomillashtirish imkonini bergan; 
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni operatsiyaga tayyorlash kompleksini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Yuqori lab va tanglay kemtiklarini davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 8n-d/589-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni operatsiyaga tayyorlash kompleksini takomillashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida xamda Farg‘ona viloyati Stomatologiya shifoxonasida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-z/239-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni operatsiyaga tayyorlash kompleksini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish