Vaxidova Umida Abduxashimovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Homilador ayollar uchun qulay kiyimlarni loyihalash usullarini takomillashtirish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1988
Ilmiy rahbar: Kamilova Xolida Hafizovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna texnika fanlari doktori, dotsent; Pulatova Saboxat Usmanovna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollar uchun ularning homiladorlik davrida yuzaga keladigan anatomik-fiziologik va psixologik o‘zgarishlarni hamda respublika iqlim sharoitini inobatga olgan holda qulay kiymlarni loyihalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antropometrik tadqiqotlar asosida homiladorlik davrini inobatga olib ayollar qomatining o‘lchamlarini o‘zgarish dinamikasi baholangan hamda homilador ayollar uchun kiyimini konstruksiyasini ishlab chiqishda qo‘shimchalar miqdori aniqlangan;
to‘qimachilik materiallarning inson tanasiga yopishuvchanlik kuchini aniqlash qurilmasi kiyim ostidagi namlikni va atrof muhit haroratini inobatga olib ishlab chiqilgan;
“inson-kiyim-atrof muhit” tizimida qulay (komfort) issiqlik muhitining matematik modeli material turi va qalinligini inobatga olgan holda yaratilgan;
homilador ayollar uchun kiymlarning elka va bel qismlarining bazaviy konstruksiyalarini modifikatsiyalash usuli ishlab chiqilgan hamda qulay va ergonomik talablarga mos keladigan transformatsiya elementlari tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Homilador ayollar uchun qulay kiyim ishlab chiqishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy taqiqot natijasida:
Homilador ayollar uchun qulay kiyim ishlab chiqishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
homilador ayollar uchun jinsi matosidan yangi modellar kolleksiyasi dizayni, transformatsiyalanadigan kiyimlarni tayyorlash uchun konstruktorlik-texnologik hujjatlari «MUYNAK TEXTIL» MChJ, «TADBIR» MChJ va «RANO COLLECTION» MChJ tikuv korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etildi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 05 dekabr № 03/25-3701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir nechta turdagi mahsulotlarni sotib olish harajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va mahsulot narxini import narxiga nisbatan 2 barobar arzonlashtirishga erishilgan;
homilador ayollar uchun yangi turdagi transformatsiyalanadigan kundalik kiyim komplektini (jaket, bluza va shim) tayyorlashning takomillashtirilgan usuli, bazaviy konstruksiya va texnik hujjatlari, shu jumladan andazalar komplekti, transformatsiyalanadigan kiyimlar uzellari va elementlari uchun konstruktiv-texnik va texnolik echimlar «ISTIQLOL DIZAYN MARKAZI» MChJ tikuv korxonasida tatbiq qilindi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 05 dekabr № 03/25-3701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kiyim komplektini ishlab chiqishda kiyim detallarini ratsional joylashmasini qo‘llanilishi va xom ashyo sarf harajatlari kamayishi ishlab chiqarish samaradorligini 5%ga oshirish imkoni yaratilgan.