Sanaeva Nargiza Payzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p g‘ishtli bino elementlarining kuchlanish-deformatsiyalanish holatiga quruq-issiq iqlimning ta’siri”, 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3211.
Ilmiy rahbar: Usmanov Valiaxmat Fayzillaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent Xotamov Asadulla Toshtemirovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Matkarimov San’at Yusubboevich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘p qavatli g‘ishtli bino elementlarining kuchlanish-deformatsiyalanish holatiga quruq-issiq iqlimning ta’sirini hisobga olgan holda sonli va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir xil texnologiya bo‘yicha pishiq g‘ishtdan tayyorlangan tajribaviy namunalar har xil sharoit ta’sirida bo‘lganda harorat, namlik va Quyosh nurlarining bevosita ta’siri ostida bo‘lgan namuna deformatsiyasi, normal (laboratoriya) sharoitida saqlangan namuna deformatsiyasiga nisbatan 98% ko‘p bo‘lganligi aniqlangan.
bir xil texnologiya bo‘yicha pishiq g‘ishtdan tayyorlangan tajribaviy namunalar har xil sharoit ta’sirida bo‘lganda harorat, namlik va Quyosh nurlarining bevosita ta’siri ostida bo‘lgan namuna mustahkamligi, normal (laboratoriya) sharoitida saqlangan namuna mustahkamligiga nisbatan 16% ga kam bo‘lganligi aniqlangan.
g‘isht terish texnologiyalariga (terim choklari to‘ldirilmagan va g‘isht suvga tuyintirilmagan) rioya qilinmasdan pishiq g‘ishtdan tayyorlangan tajribaviy namunaga harorat, namlik va Quyosh nurlarining bevosita ta’siri ostida bo‘lgan namuna mustahkamligi, normal (laboratoriya) sharoitida saqlangan namuna mustahkamligiga nisbatan 43% ga kam bo‘lishi aniqlangan.
g‘isht va qorishma markalari bo‘yicha normal (laboratoriya) sharoitida bajarilgan g‘isht terimi uchun aniqlangan va me’yoriy xujjatda qabul qilingan hisobiy qarshilik R g‘ishtning markasi M100 va markasi M25 qorishmadan bajarilgan tajribalardan olingan qarshilikka nisbatan 31% ga kam bo‘lishi aniqlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘p qavatli g‘ishtli bino devorining mustahkamligiga quruq-issiq iqlimning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
g‘ishtli binolarni barpo etishda g‘isht terish texnologiyasiga rioya qilinmasdan hamda havo harorati va namligini ta’siri “NinaStroyServis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy etilgan (“NinaStroyServis” MChJning 2022 yil 04 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati Jomboy tumanida pishiq g‘ishtdan quriladigan 2 qavatli «Barkamol Avlod» bolalar maktab binosini loyihalashda qo‘llanilgan hamda g‘isht terimining mustahkamligini ta’minlashga erishilgan.
g‘ishtli binolarni barpo etishda g‘isht terish texnologiyasiga rioya qilish choklar sonini kamaytirish g‘isht qalinligiga e’tibor berish “Samarqand qishloq qurilish loyihalash instituti” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy etilgan. (“Samarqand qishloq qurilish loyihalash instituti” MChJning 2022 yil 10 iyundagi ma’lumotnomasi) .Samarqand viloyati Kattaqurg‘on shahrida pishiq g‘ishtdan quriladigan 3 qavatli maktab binosini loyihalashda qshllanildi hamda tiklanayotgan binoga ishlatiladigan g‘isht qalinligini belgilab olishga erishilgan.