Rajabov Yorqinbek Sayfiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompozision polimer qoplamalarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish va temirbeton mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3016.
Ilmiy rahbarlar: Ulmasov Tulkun Usmanovich, texnika fanlari doktori; Alikobulov Shuxrat Abdumalikovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tolipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision polimer qoplamalarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish va temirbeton mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ED-16 epoksid smolasi va qotiruvchilar polietilenpoliamin (PEPA), piperidin (PPD) asosida edirilishga qarshiligi yuqori, beton va beton qorishmasi bilan o‘zaro ta’sirlashganda yopishishi minimal bo‘lgan metall qolip – taglikka etarlicha yuqori adgeziyaga ega bo‘lgan qoliplar ishchi yuzalariga qoplash uchun kompozisiya ishlab chiqilgan;
beton qorishmasining sirpanish tezligi va bosimiga, polimerlar va to‘ldiruvchilarning turiga va tabiatiga qarab betondan tayyorlangan qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarishda qoliplarning ish sharoitlarini simulyasiya qiluvchi abraziv muhitli polimer qoplamalarining edirilishi aniqlangan;
quruq muhitda qoplama yuzasini edirilishining asosiy turi abraziv bo‘lib, nam muhitda esa temir kukuni bilan to‘ldirilgan polimer qoplamalarining edirilishi keng sirpanish tezligi va bosimi oraliqlarida korrozion-mexanik xususiyati aniqlangan;
polimerlar, to‘ldiruvchilar turi va tabiatining, ularning tuzilishi va tarkibining polimer qoplamalari yuzasining edirilishga ta’siri asoslangan;
qoplamalarning edirilishi ularning fizik-mexanik xossalariga hamda beton qorishmasining texnologik holatiga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kompozision polimer qoplamalarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish va temirbeton mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida kompozision polimer qoplamalarni olish uchun ishlab chiqilgan texnologiya Jizzax temirbeton mahsulotlari zavodida joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2597-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlash qobiliyati 1,5-1,6 baravar samarali bo‘lgan yangi kompozision polimer qoplamalarni olish imkonini bergan;
yuqori adgezion mustahkamlikka, dinamik modulga, elastiklikka va edirilishga chidamli bo‘lgan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi optimal tarkibdagi qoplamalar Jizzax temirbeton mahsulotlari zavodida joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2597-son ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab sharoitlarda abraziv sirt yuzaga nisbatan kompozisiyalarning edirilish intensivligini 1,5-2 martaga kamaytirish imkonini bergan.