Muxtarova Aziza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Psi81.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor,.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning psixologik xususiyatlarini empirik ochib berish orqali ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog-psixologlarning kasbiy faoliyatga yo‘nalganligini baholashda «pedagog-talaba» va «psixolog-mijoz» munosabatlari diadasini ijtimoiy persepsiya ta’sirida o‘zaro refleksiv qabul qilish ko‘nikmasini shakllanganligiga asoslanib, «muloqotchanlik», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish motivi»ning dinamik xususiyatlari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy mas’uliyat, ijodiy qobiliyatlarning motivatsion-regulyativ jarayonlari orqali «pedagog-psixolog» obrazida integrativ rivojlanishiga asoslanib, shaxs adaptivligini differensial baholanishi muhim omil ekanligi isbotlangan;
pedagog-psixologlarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning aksiologik, gneosologik, amaliy komponentlarini o‘zaro integrativ ta’siri natijasida proektiv hamda kreativ tafakkurni shaxs empativiylik xususiyati bilan uyg‘unlashuvi ichki motivlarni namoyon bo‘lishini kuchaytirganligi sababli «pedagog-psixolog» siymosining barqaror tizimini shakllanishi asoslangan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarni o‘qitish modeli ichki faoliyat motivlari, pedagogik empatiya va tafakkurni refleksiv qobiliyatlarga ustuvorlik berish orqali rivojlantirish hamda shaxs kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ta’limga «profkonsalting xizmati»ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning psixologik xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagog-psixologlarning kasbiy faoliyatga yo‘nalganligini baholashda «pedagog-talaba» va «psixolog-mijoz» munosabatlari diadasini ijtimoiy persepsiya ta’sirida o‘zaro refleksiv sintezlash ko‘nikmasini shakllanganligiga asoslanib, «muloqotchanlik», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish motivi»ning dinamik xususiyatlari ustuvor harakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM 14a-son buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19-apreldagi PM 14a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda pedagog-psixologlarning refleksiv ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasining dinamik xususiyatlari haqida tushunchalar tizimi takomillashishiga erishilgan;
pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy mas’uliyat, axborotlar bilan kognitiv ishlash va ijodiy qobiliyatlarning motivatsion-regulyativ jarayonlar orqali «pedagog-psixolog» obrazida integrativ rivojlanishiga asoslanib, shaxs adaptivligini differensial baholanishi muhim omil ekanligi isbotlangan ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19-apreldagi PM 14a-son buyrug‘iga asosan «Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-14a-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning talabalar psixologiyasi, kasbiy faoliyat psixologiyasi pedagog-psixologning kasbiy shakllanishi borasidagi bilimlarini mohiyati boyitilgan;
pedagog-psixologlarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning aksiologik, gneosologik, amaliy komponentlarini o‘zaro integrativ ta’siri natijasida proektiv hamda kreativ tafakkurni shaxs empativiy xususiyati bilan uyg‘unlashuvi ichki motivlarni namoyon bo‘lishini kuchaytirganligi sababli «pedagog-psixolog» siymosining barqaror tizimini shakllanishi asoslanganligi bilan bog‘liq takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19-apreldagi PM-14a-son buyrug‘iga asosan «Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-14a-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixolog kadrlarning hamda psixologik xizmatlarning faoliyatini shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy baza takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarni o‘qitish modeli ichki faoliyat motivlari, pedagogik empatiya va tafakkurni refleksiv qobiliyatlarga ustuvorlik berish orqali rivojlantirish hamda shaxs kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ta’limga «profkonsalting xizmati»ni kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19-apreldagi PM-14a-son buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-14a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning individual xususiyatlarini majmuaviy o‘rganish, oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmati faoliyatini ilmiy-metodik ta’minotining boyitishga erishilgan.