Akbarov Sherzod Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka kovlash mashinasining elovchi ishchi qismini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2122.
Ilmiy rahbar: Bayboboev Nabijon Gulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mavjud kartoshka kovlash mashinasi elovchi ishchi qismini texnik va texnologik jihatdan takomillashtirish hisobiga kartoshka yig‘ib olishda ish sifati va unumini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka kovlash mashinasining elastik barmoqli ishchi qismining tuganak-tuproq-kesak aralashmasi bilan o‘zaro ta’siridan tuganaklarni shikastlanmaslik shartidan kelib chiqib, elastik barmoqli ishchi qismning  parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘liqliklari ishlab chiqilgan;
tuganak-tuproq uyumini elevatorni ko‘ndalang yuzasi bo‘ylab yoyilishi jarayonini ifodolvchi matematik model elastik barmoqni massa bilan o‘zaro ta’sirlanishi paytidagi harakatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan; 
elastik barmoqli diskning diametri, barmoq uzunligi, aylanishlar chastotasi, elevator va kartoshka kovlash mashinasi tezligini elevatorda tuproq-tuganak uyumining o‘lchamlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
tuproq-tuganak uyumining sig‘imi elevator eniga teng bo‘lish shartidan kelib chiqib, elastik barmoq ta’sirida tuproq elevatornngi ko‘ndalang yuzasi bo‘ylab sinusoida qonuniyatida yoyilishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elastik barmoqli disk bilan jihozlangan kartoshka kovlash mashinalarini parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka tuganaklarini tuproqdan yuqori saralanish darajasini ta’minlaydigan texnik echimiga Rossiya Federatsiyasining foydali modeliga patent olingan («Navesnaya separiruyushhaya mashin», №2692641-2019). Natijada kartoshkani tuproqdan saralanishini yaxshilash imkonini beradigan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan kartoshka kovlash mashinalarining sanoat nushasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 maydagi 07/35-04/3243-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik ish sxemasi va parametrlari asoslangan elovchi ishchi qismi takomillashgan kartoshka kovlash mashinasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
elastik barmoqli disk bilan jihozlangan kartoshka kovlash mashinasi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi «Burgut» va Chust tumanidagi «Qurbonov Nozimjon» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 maydagi 07/35-04/3243-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elastik barmoqli disk bilan jihozlangan kartoshka kovlagich ishlatilganda ish unumi 22 foizga ko‘payishi va ekspluatatsion harajatlar 1,3 marta, mehnat sarfi 23 foizga kamayishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish