Soataliev Raximjon Raxmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil` yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari asosida ta’mirlash ishlarini rejalashtirish usulini takomillashtirish”, 05.09.02 - «Geotexnika» (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3186
Ilmiy rahbar: Urokov Aslidin Xushvaktovich, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Kasimov Irkin Umaralievich (Toshkent arxitektura-qurilish instituti); texnika fanlari nomzodi, professor Salixanov Said Salixanovich (Toshkent davlat transport universiteti).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` yo‘larining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari asosida ta’mirlash ishlarini rejalashtirish usulini optimallashtirish algoritmlaridan foydalangan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro ravonlik indeksi (IRI) ko‘rsatkichi bo‘yicha avtomobil` yo‘li qoplamasining ravonligi va yo‘l qoplamasining holatini undagi nuqsonlar asosida baholashga imkon beruvchi yo‘l holati indeksi (PCI) ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
qoplama ravonligining lazerli profilometr va smartfon yordamida o‘lchashda aniqlangan natijalarini o‘lchash tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishini hisobga olib, 50, 60, 70 km/soat tezliklarda turli qurilmalarda olingan natijalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi matematik ifodalar ishlab chiqilgan;
avtomobil` yo‘llarida qisqa va uzoq muddatli ta’mirlash ishlarini rejalashtirish jarayonida muddatidan kechiktirilmay rejalashtirilgan yo‘l-ta’mirlash ishlarining avtomobil` yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga ta’siri asoslangan;
havo-iqlim sharoiti ta’sirida qoplama haroratining ortishi sabab yo‘l to‘shamasining umumiy mustahkamligining kamayishi isbotlanib, qoplama harorati va yo‘l to‘shamasining umumiy mustahkamligi o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
avtomobil` yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari va optimallashtirish algoritmlaridan foydalangan holda ta’mirlash ishlarini rejalashtirish usuli takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobil` yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari asosida ta’mirlash ishlarini rejalashtirish usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumiy foydalanuvdagi avtomobil` yo‘llaridagi qoplama ravonligi va yo‘l holati indeksi (PCI) ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 21 oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoplama ravonligi ko‘rsatkichi asosida yo‘ldagi mavjud nuqsonlar holatidan kelib chiqib ta’mirlash ishlarini samarali rejalashtirish imkoniyati yaratilgan;
qoplama ravonligining turli o‘lchash qurilmalarida aniqlangan natijalarning o‘lchash tezligi ta’sirida o‘zgarish qonuniyatlari Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 21 oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` yo‘llarida qoplama ravonligini resurs tejamkor usullardan foydalangan holda baholash orqali ta’mirlash ishlariga sarflanayotgan mablag‘larni 20% ga tejashga erishilgan;
muddatli rejalashtirilgan yo‘l-ta’mirlash ishlarining avtomobil` yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan va bu Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 21 oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` yo‘llarini ta’mirlash ishlarini bir yillik va ko‘p yillik rejalarini ishlab chiqish hamda, ushbu rejadagi ishlarni amalga oshirish orqali avtomobil` yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘zgarishini nazorat qilib borish imkoniyati yaratilgan;
havo-iqlim sharoiti ta’sirida avtomobil` yo‘llari transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlari Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 2022 yil 21 oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asfal`tbeton qoplamalarining maksimal harorati ma’lumotlariga asoslangan holda plastik deformatsiyalar yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan, hamda yo‘l qoplamasining xizmat muddatini 3-5 yilga oshirishga erishilgan;
optimallashtirish algoritmlarni qo‘llash orqali ta’mirlash ishlarini rejalashtirishning takomillashtirilgan usuli Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 2022 yil 21 oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil` yo‘llarining transport-ekspluatation ko‘rsatkichlarini o‘zgarish dinamikasiga asoslangan holda byudjet cheklovlarida ham ta’mirlash ishlarini samarali rejalashtirish imkoniyati yaratilgan va sarflanayotgan mablag‘larni 30-35% gacha iqtisod qilishga erishilgan.