Adilov Nodir Botir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir yo‘l tarozilarini tekshirish uchun mo‘ljallangan vagonning xizmat muddati uzaytirilishini ilmiy jihatdan asoslash», 05.08.05 – «Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.PhD/T3208.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Yadgor Ozodovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, RhD.15/31.08.2022.T.73.02.
Rasmiy opponentlar: Tret`yakov Aleksandr Vladimirovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya); Adilova Ziyoda Gafurjanovna, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l tarozilarini tekshirish uchun mo‘ljallangan vagonning xizmat muddatini uzaytirilishini ilmiy jihatdan asoslash orqali ushbu vagonlarning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha texnik va texnologik echimlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarozi tekshirish vagonlarining asosiy nosozliklari, ishdan chiqish mezonlari va ularning xizmat muddatiga ta’sir etadigan vagon elementlarining chegaraviy holatini hisoblash usuli vagonni joriy texnik holat va qoldiq resurs (xizmat muddati)ni baholashni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ekspluatatsiya sharoitlarida tarozi tekshirish vagon kuzovining uzel va detallarini konstruktiv o‘zgarishlarini hisobga olgan holda, zamonaviy muhandislik dasturiy ta’minot asosida dinamik modeli ishlab chiqilgan;
vagon kuzovi elementlarining emirilishi va mexanik hossalarini o‘zgarishini hisobga olgan holda, tarozi tekshirish vagonlari metall konstruksiyasining texnik holatini va qoldiq resursini baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
VPV-640 turdagi tarozi tekshirish vagonlarini foydali ishlatish muddatini uzaytirish maqsadida, vagonni kapital ta’mirlashda texnik shartlarini qo‘llash orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarozi tekshirish vagonlarining foydali xizmat muddatini uzaytirishni matematik modellashtirish asosida:
VPV-640 turdagi tarozi tekshirish vagonlarining uzel va detallarining qoldiq resursini aniqlash metodikasini ishlab chiqish orqali uning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha metodika «VChD-1» da ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2022 yil 25 avgustdagi №02/5134 (Hujjat kodi: FC14586018) ma’lumotnomasi). Natijada, VPV-640 turdagi tarozi tekshirish vagonlarining kapital ta’mirlashning texnik shartlari ishlab chiqilib, uning ishlash muddatini 5 yilgacha oshirish imkonini bergan.
VPV-640 turdagi tarozi tekshirish vagonlarining kuzov elementlarining emirilish darajasini o‘lchash, hamda emirilishning kuzov zo‘riqish-deformatsiyasiga ta’sirini matematik asoslab berish ««VChD-1» da ishlab chiqarishga joriy etilgan («VChD-1» ning 2022 yil 24 maydagi №01/5869-son ma’lumotnomasi). Natijada, VPV-640 turdagi tarozi tekshirish vagonlari kuzovining ishlash muddatini 15% ga oshirish imkonini bergan.