Nasirova Xilola Pulatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyali bemorlarda S gepatitni davolashga yangicha yondashuvlar», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3. PhD/Tib397.
Ilmiy rahbar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Shaxnoza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori;  Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV infeksiyali bemorlarda S gepatitni davolashda virusga qarshi dori vositalari bilan davolashning klinik-laborator va antifibrotik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV infeksiyali bemorlarda surunkali virusli gepatit Sda jigar sirrozi rivojlanishini aniqlashda jigar fibrozining jadallashish tezligi va uning ahamiyatini bashoratlash uchun fibrogenezning patogenetik mexanizmlari va APRI hamda AFP darajasining prediktorlik qiymatga egaligi isbotlangan;
OIV yuqtirgan bemorlardagi surunkali gepatit Sda jigar fibrozini sirrozga o‘tishini bashoratlash uchun ularning chegaraviy darajasi qiymatini aniqlash yo‘li bilan AFP, APRI va IL-6 ko‘rsatkichlarining bashoratlovchi ahamiyati asoslangan;
OIV infeksiyali bemorlarda gepatit Sni «Sofosbuvir 400 mg+Daclatasvir 60 mg» sxemasi asosida virusga bevosita ta’sir etuvchi dori vositalari bilan davolashning yuqori virusologik samarasi isbotlangan;
OIV yuqtirgan bemorlarda surunkali gepatit Sda VBTK dorilar ta’sirida jigar fibrozi darajasining pasayishi isbotlangan. AFP, APRI, IL-6 laboratoriya markerlari va GGTPning ijobiy dinamikasi jigar fibrozi regressiyasini ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiyali bemorlarda S gepatitni davolashga yangicha yondashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
retrovirusga qarshi davolash fonida OIV infeksiyali bemorlarda virusli gepatit Sda virusga qarshi davolash samaradorligini bashoratlash algoritmi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Retrovirusga qarshi davolash fonida OIV infeksiyali bemorlarda virusli gepatit Sda virusga qarshi davolash samaradorligini bashoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 fevraldagi 8n-d/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit S va OIV infeksiya birga kechganida tashxislash va davolash mexanizmini joriy etish, shuningdek OIV infeksiyali bemorlarda surunkali virusli gepatit S ni tashxislash va davolashni yaxshilash imkonini yaratdi;
OIV infeksiyasida tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 4 martdagi «OIV infeksiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollarni amaliyotga tadbiq etish to‘g‘risida» gi 81-son buyrug‘iga kiritilgan va OITS ga qarshi kurashish markazlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ushbu buyruq OITS ga qarshi kurashish markazidagi OIV infeksiyali bemorlarda surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bemorlarni davolash tizimini  takomillashtirish imkonini bergan;
OIV va surunkali virusli gepatit S ko-infeksiyali bemorlarni olib borish taktikasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 4 martdagi «Virusli gepatit S va OIV infeksiyasi: ko-infeksiyali shaxslarni olib borish taktikasi» klinik bayonnomasiga kiritildi va OITSga qarshi kurashish markazining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Mazkur bayonnoma OIV infeksiyali bemorlarda surunkali virusli gepatit S ni davolash tizimini takomillashtirish imkonini berdi;
OIV infeksiyali bemorlarda S gepatitni davolashga yangicha yondashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan OITSga qarshi kurashish markazining ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar klinikasi va Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 08-39517-son ma’lumotnomasi). Olingan  natijalar, surunkali virusli gepatit S bilan og‘rigan OIV infeksiyali bemorlarni davolashdagi harajatlarni kamaytirishga va surunkali virusli gepatit S bilan birga kelgan OIV infeksiyali bemorlarda jigar sirrozi va gepatokarsinoma rivojlanish havfini pasaytirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish