Sodiqova Aziza Hayitovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘quvchilarning tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3174.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxcus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalari (motivatsion-maqsadli, amaliy-texnologik, badiiy-dizayn, texnologik jarayon va loyihalash, ijtimoiy-kontekst, reflektiv-baholovchi) uzviylik, tizimlilik va innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan; 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish modeli “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” va “Texnologiya ta’lim praktikumi” fanlari mazmuni hamda malaka talablarining gazlamalarga ishlov berish umummehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va maxsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq kasb-hunarga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan; 
tikuvchilik buyumlarini loyihalashda bo‘lajak o‘qituvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga oid amaliy ta’limni tashkil etishning metrologik ko‘rsatgichlariga asoslangan o‘quv-metodik ta’minot hamda (Case study, Design technology) innovatsion texnologiyalar va “Easy design” interfaol metodini kvazi-professional faoliyatga integrativ singdirish orqali o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;   
nostandart o‘lchov olish troektoriyasi orqali loyihalashning noan’anaviy usullaridan foydalanib bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishning diagnostik baholash (ijtimoiy, kommunikativ, intelektual va axborotli) mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuvchilik buyumlarini loyihalashda  bo‘lajak o‘qituvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
tikuvchilik buyumlarini loyihalashda bo‘lajak o‘qituvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga oid amaliy ta’limni tashkil etishning metrologik ko‘rsatgichlariga asoslangan o‘quv-metodik ta’minot hamda (Case study, Design technology) innovatsion texnologiyalar va “Easy design” interfaol metodini kvazi-professional faoliyatga integrativ singdirish orqali o‘qitish metodikasi takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “Texnologiya ta’limi praktikumi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-479 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining kvazi-professional faoliyatdagi tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish modeli “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” va “Texnologiya ta’lim praktikumi” fanlari mazmuni hamda malaka talablarining gazlamalarga ishlov berish umummehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va maxsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq kasb-hunarga yo‘naltirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884 son qarorida  belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022 yil 10 oktyabrdagi 03-3219-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi malaka talablarining gazlamalarga ishlov berish umummehnat ko‘nikmalari shakllantirilib, maxsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq kasb-hunarga yo‘naltirish mazmunan takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalari (motivatsion-maqsadli, amaliy-texnologik, badiiy-dizayn, texnologik jarayon va loyihalash, ijtimoiy-kontekst, reflektiv-baholovchi) uzviylik, tizimlilik va innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining PZ-2014-0912150534 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan moderinizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2017 yy.) mavzusidagi grant loyihasini  “Mehnat fani o‘qituvchilarining tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid amaliy ta’limni tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022 yil 10 oktyabrdagi 03-3219-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining tikuvchilik buyumlarini loyihalashga oid maxsus kompetensiyalari rivojlantirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish