Sabirova Kamola Abdunabixodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish texnologiyasi” 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3802.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSs); Artiqova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqish motivatsion-rag‘batlovchi, mazmunli-faoliyatli, emotsional-baholovchi komponentlar integratsiyasi hamda ijodiy faollika yo‘naltiruvchi hamda o‘z-o‘zini namoyon etish funksiyalarni rivojlantirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptiruvchi sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, birgalikdagi faol harakat orqali o‘z-o‘zini namoyon etish hamda shaxsiy faollikni oshirishga intiluvchan tarbiyalanuvchining shaxsiy salohiyatini o‘zaro adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish modeli hamkorlikda o‘qitishning o‘yinli, kommunikativ, ijodiy, savodxonlikni oshirish bilan bog‘liq turlarini birgalikda-individual, harakatlanuvchi, ketma-ket shakllar bilan uyg‘unligini meta-analiz metodi orqali bosqichma-bosqich jadallashtirish algoritmini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish orqali shaxsiy va hayotiy vaziyatga doir elementlarini qo‘llash, tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirish, mustaqillik va hamkorlikni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan metodik shart-sharoitlari yosh xususiyatlariga muvofiq voqelikka doir to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini refleksiv hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqish motivatsion-rag‘batlovchi, mazmunli-faoliyatli, emotsional-baholovchi komponentlar integratsiyasi hamda ijodiy faollika yo‘naltiruvchi hamda o‘z-o‘zini namoyon etish funksiyalarni rivojlantirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi PZ-2017-0927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 apreldagi 03-03/2-965-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirishning metodik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptiruvchi sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, birgalikdagi faol harakat orqali o‘z-o‘zini namoyon etish hamda shaxsiy faollikni oshirishga intiluvchan tarbiyalanuvchining shaxsiy salohiyatini o‘zaro adaptiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 apreldagi 03-03/2-965-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirishda interaktiv vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish modeli hamkorlikda o‘qitishning o‘yinli, kommunikativ, ijodiy, savodxonlikni oshirish bilan bog‘liq turlarini birgalikda-individual, harakatlanuvchi, ketma-ket shakllar bilan uyg‘unligini meta-analiz metodi orqali bosqichma-bosqich jadallashtirish algoritmini tatbiq etish asosida takomillashtirishga doir takliflar Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 apreldagi 03-03/2-965-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kognitiv texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.
bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirish hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish orqali shaxsiy va hayotiy vaziyatga doir elementlarini qo‘llash, tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirish, mustaqillik va hamkorlikni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan metodik shart-sharoitlari yosh xususiyatlariga muvofiq voqelikka doir to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini refleksif hisobga olish asosida takomillashtirishga doir takliflar Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 apreldagi 03-03/2-965-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bilishga qiziqishni shakllantirishda metodik vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan.