Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2145.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik jihatlari o‘qituvchilarga pedagoglik kasbining ijtimoiy-madaniy tajribalarini singdirish orqali ijtimoiy munosabatlar integratsiyasi ta’minlanishi asoslangan;
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishga yo‘naltirilgan kompetensiyalar kasbiy yangiliklarni vujudga kelishi, ularni jadal o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan innovatsion pedagogik muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olish mazmuni kasbiy pedagogik maxorat bosqichlari, pedagog faoliyatining yangi shakli va pedagogik jarayonni samaradorligini ta’minlovchi pedagog-novator faoliyatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishda kasbni samarali egallash va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-pedagogik, psixo-fiziologik xususiyat va sifatlar miqdorini o‘lchovchi tizimni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir olingan natijalar asosida:
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik jihatlari o‘qituvchilarga pedagoglik kasbining ijtimoiy-madaniy tajribalarini singdirish orqali ijtimoiy munosabatlar integratsiyasini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 18 yanvardagi 11-sonli buyrug‘i 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022 yil 11 fevraldagi 01/11-02/02-165-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik-psixologik mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishga yo‘naltirilgan kompetensiyalar kasbiy yangiliklarni vujudga kelishi, ularni jadal o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan innovatsion pedagogik muhitni yaratish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 46-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘qituvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 fevraldagi 01/11-02/02-165-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy deformatsiyani oldini olishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishning mazmuni kasbiy pedagogik maxorat bosqichlari, pedagog faoliyatining yangi shakli va pedagogik jarayonni samaradorligini ta’minlovchi pedagog-novator faoliyatiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga hamda o‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy deformatsiyani oldini olishda kasbni samarali egallash va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-pedagogik, psixo-fiziologik xususiyat va sifatlar miqdorini o‘lchovchi metodlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan doir taklif va tavsiyalardan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi P3-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining “Pedagogika va psixilogiya” yo‘nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi nashr guvohnomasi). Natijada, kasbiy deformatsiyani oldini olishga qaratilgan tashkiliy bosqichlari aniqlanib uning metodik ta’minotini boyitishga erishilgan.