Usmonova Muattar Baxodirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (6-8 sinflar misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1303.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy asarlar vositasida o‘quvchilarda milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xosligi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy xarakter xususiyatlariga o‘tkazgan ta’siri badiiy asarlar tahlili orqali tarixiy davrlar kesimida asoslangan;
o‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari kuzatilayotgan ob’ektlar, olingan ma’lumotlar, eksperimentlarni taqqoslash yo‘li bilan ularning tizimli ravishda milliy xarakter xususiyatlari dalillangan;
o‘quvchilarda milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning mazmuni badiiy asarlar vositasida jumboqli topshiriqlarni berishga asoslangan tezkor fikrlash, tafakkur darajalarini aniqlashga yordam beruvchi didaktik o‘yinlarni tashkil qilish orqali milliy tafakkur madaniyati takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini saqlab qolish, qayta tiklashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarlar vositasida o‘quvchilarda milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xosligi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning milliy xarakter xususiyatlariga o‘tkazgan ta’sirini badiiy asarlar tahlili orqali tarixiy davrlar kesimida ilmiy tahlillarga doir takliflar “Xalq pedagogikasi o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish vositasi” nomli elektron qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 6 iyuldagi 01/01-02/02-963-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlar vositasida o‘quvchilarda milliy xarakter xususiyatlarini samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari kuzatilayotgan ob’ektlar, olingan ma’lumotlar, eksperimentlarni taqqoslash yo‘li bilan ularni tizimli ravishda taxlil qilish asosida milliy xarakter xususiyatlarini tasniflashga doir taklif va tavsiyalardan mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va xuquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 6 iyuldagi 01/01-02/02-963-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlar vositasida o‘quvchilarda milliy ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishga erishilgan;
o‘quvchilarda milliy xarakter xususiyatlarini rivojlantirishning mazmuni badiiy asarlar vositasida jumboqli topshiriqlarni berishga asoslangan tezkor fikrlash, tafakkur darajalarini aniqlashga yordam beruvchi didaktik o‘yinlarni tashkil qilish orqali milliy tafakkur madaniyatini takomillashtirishga hamda o‘quvchilarda badiiy asarlar vositasida milliy xarakter xususiyatlarini saqlab qolish, qayta tiklashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlariga oid maktab o‘qituvchilari va soha mutaxassislari uchun taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi talabalari uchun “Xalq pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 2021 yil 6 iyuldagi 01/01-02/02-963-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlar vositasida o‘quvchilarning ijtimoiy o‘z-o‘zini anglashi, milliylik va milliy madaniyat tushunchalarini rivojlantirishga erishilgan.