Zoyirova Go‘zal Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Samandar Vohidov she’riyati poetikasi», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1951.
Ilmiy rahbar: Axmedova Shoira Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ulug‘bek Hamdamov, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoir S.Vohidov she’riyati poetikasi (obrazlar olami, janrlar va shakllar)ni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
S.Vohidov ijodining shakllanishi va ularni yuzaga keltiruvchi, badiiy mahoratini rivojlantiruvchi omillar, shakl va mazmun uyg‘unligi, misralarning hissiy ohang muvofiqligidagi o‘rni, obrazlar olami (tun, tong, daraxt, varrak, qayiq, shalola), bu obrazlarning badiiy talqini asosida ularga yuklangan ramziy ma’nolar ochib berilgan;
shoir asarlarining janriy tarkibi va bu boradagi individualligi bag‘ishlov, qasida, doston janrlari, ijodiga fol`klorning ta’siri masalasi doston, rivoyat-dostonlari va doston-marsiya janrlari orqali asoslangan;
lirikadagi kichik she’riy shakllar - to‘rtlik, sakkizliklarda falsafiy umumlashma fikrlarni obrazlar orqali ifoda eta olish, she’riy turkumlar yaratishdagi individualligi ochib berilgan;
shoir asarlarining kompozision qurilishi, epigraf, sarlavha, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq mahorati, poetik til xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samandar Vohidov she’riyati poetikasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotida she’riyat poetikasi muammolarini Buxoro adabiy muhiti vakili S.Vohidov ijodi misolida o‘rganish, shoir uslubiga xalq tili va fol`klor janrlarining ta’siri, badiiy mahoratning shakllanishi, shoir she’riy merosi tahlili asosida she’r poetikasi, voqeabandlik va lirik kechinma tasviridagi o‘ziga xoslik, barmoq vaznidagi she’rlari va dostonlarida shakl va mazmun uyg‘unligi, ijodiy individuallik, uslub va mahorat masalasini tadqiq etish, shoir ijodida kichik she’riy shakllar, janrlar va turkumlilik masalalarini yoritish; obrazlar olami: tun, tong, daraxt timsollarining talqin etilishi, til xususiyatlaridagi o‘ziga xoslikni ochib berish, xususan, badiiy-kompozision qirralar, so‘z qo‘llash mahorati kabi masalalarga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17.01/128-son ma’lumotnomasi), shuningdek S.Vohidov she’riyatining poetik xususiyatlari, an’anaviylik va novatorlik jihatlarini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17.01/128-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fundamental loyiha dissertatsiya materiallari orqali boyitilgan va adabiyotshunoslikda shoir ijodining shakllanishi, ijodiy individuallik masalasini obrazlar, she’riy shakllar, til xususiyatlarida namoyon bo‘lishini tadqiq qilish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan;
shoir ijodining poetik tadqiqi orqali uning individual uslubi, poetik tafakkur olami imkoniyatlarini namoyon etishdagi o‘ziga xos jihatlari umumlashtirilgan xulosalardan S.Vohidov faoliyat ko‘rsatgan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining «Menga so‘z bering», «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Mehmon tuyg‘ular» radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 avgustdagi 1/191-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning badiiy ijod, she’riyat, shoir S.Vohidov va buxorolik ko‘plab ijodkorlarning zamonaviy o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, o‘ziga xos uslubi, individual mahorati bo‘yicha tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan, shuningdek, yosh avlod tarbiyasida adabiyotning o‘rni va roli ilmiy-ommabop ko‘rinishda targ‘ib etilib, bu radioeshittirishlarning ta’sirchanligi oshirilgan. Buning natijasida esa ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ommabopligini ta’minlashga erishilgan.