Ganiev Doniyor Gafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3819.
Ilmiy rahbar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxsieva Aziza Shamsitdinovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davdat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini aniqlash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mutaxassisligi talabalarini oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik xususiyatlari shaxs ijtimoiylashuvi komponentlari bilan oilaning reproduktiv, tarbiyaviy, iqtisodiy, kommunikativ, rekreativ (o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish) vazifalarini felisiotologik (baxtli bo‘lishga intilish, boshqaruvlik) uyg‘unligini ta’minlashning optimal tarbiyaviy ta’siriga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talaba-yoshlarni oila qurishga tayyorligini baholash mezonlari ijtimoiy qadriyat va me’yorlarga asoslangan shaxslararo munosabatlar modeli (er va xotin, ota va bola, aka va uka, mutaxassis va hamkasb, xodim va rahbar, shaxs va jamoa)ga doir komponentlarni talabalarning motivatsion, kognitiv, rolli, imitatsion harakatlar tizimi traektoriyasiga adaptivlashtirilgan o‘quv topshiriqlari asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash modelining potensial imkoniyatlari oilaviy hayotga tayyorlik ko‘rsatkichlari (empatiya, mas’uliyat hissi, o‘z-o‘ziga ishonch, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalganlik) ni kasbiy o‘sish va mobillik, mehnat bozorida qulay harakatlanish kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integral modullar mazmuniga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarda oilaviy munosabatlar madaniyatini shakllantirishning etnopedagogik shartlari zamonaviy shaxs sifatlari (intelektuallik, aktivlik, yetakchilik, ijodkorlik, innovatorlik, professionallik)ni rivojlantirish orqali ularga burch va erkinlik, ma’naviy-moddiy ehtiyoj va imkoniyatlar mutanosibligiga erishish yo‘llarini o‘rgatuvchi ta’limiy muhit samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mutaxassisligi talabalarini oilaviy hayotga tayyorlashning shaxs ijtimoiylashuvi komponentlari bilan oilaning reproduktiv, tarbiyaviy, iqtisodiy, kommunikativ, rekreativ vazifalarini felisiotologik uyg‘unligini ta’minlashning optimal tarbiyaviy ta’siriga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan pedagogik xususiyatlardan hamda talaba-yoshlarni oila qurishga tayyorligini baholashning ijtimoiy qadriyat va me’yorlarga asoslangan shaxslararo munosabatlar modeliga doir komponentlarni talabalarning motivatsion, kognitiv, rolli, imitatsion harakatlar tizimi traektoriyasiga adaptivlashtirilgan o‘quv topshiriqlari asosidagi tizimlashtirilgan mezonlaridan Toshkent davlat agrar universitetining ERASMUS+ loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2022 yil 15 avgustdagi 1/4-1-2510-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda tayanish mumkin bo‘lgan natijalar prognozini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash modelining potensial imkoniyatlari oilaviy hayotga tayyorlik ko‘rsatkichlarini kasbiy o‘sish va mobillik, mehnat bozorida qulay harakatlanish kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integral modullar mazmuniga optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Oilaviy qadriyatlar tizimini rivojlantirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son ruxsatnoma). Natijada, talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha etnopedagogik mazmundagi o‘quv materiallari orqali mutaxassislik va umumkasbiy modullarni o‘qitish jarayonlari samaradorligi oshishiga erishilgan;
ta’lim oluvchilarda oilaviy munosabatlar madaniyatini shakllantirishning etnopedagogik shartlari zamonaviy shaxs sifatlari (intelektuallik, aktivlik, yetakchilik, ijodkorlik, innovatorlik, professionallik)ni rivojlantirish orqali ularga burch va erkinlik, ma’naviy-moddiy ehtiyoj va imkoniyatlar mutanosibligiga erishish yo‘llarini o‘rgatuvchi ta’limiy muhit samaradorligini ta’minlashga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat agrar universitetining OT-F1-17 “Ma’naviy begonalashuvni oldini olishda shaxs faolligini ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” (2017-2020 yy) nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2022 yil 15 avgustdagi 1/4-1-2510-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar uchun oilaviy qadriyatlarga mas’uliyatli munosabatni namoyon qilish imkoniyatini beruvchi ta’limiy muhitga etnopedagogik yondashuvni tatbiq etish mexanizmlari takomillashtirilgan.