Mirxoliqova Charos Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (5-7 sinf “Tarbiya” darslari misolida)», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1604.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori, professor Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5–7-sinf tarbiya darslarida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyati o‘qishni qo‘llab-quvvatlashga doir chelenj, loyihalar, pedagogik rahbarlik, moslashtirish va psixologik ehtiyojga moyillik omillarining o‘zaro ta’siri va muvofiqligini milliy qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyati kartoteka, bibliografik ko‘rsatkich, kitobxon kundaligi, sinf va oila kutubxonasi, tahlil, munozara va kitobxonlik dasturi, badiiy adabiyot, lug‘at, ensiklopediya mutolaaga muttasil va muntazam rag‘batlantiruvchi pedagogik strategiyalarga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning tahliliy modeli konseptual-mazmunli yondashuvlar, diagnostik motivatsion monitoring faoliyatli komponentlar, hamda rivojlantiruvchi tayyorgarlik, analitik, sintetik, avtomatlashgan bosqichlar ketma-ketligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari o‘qishning nutq faoliyati turlari etuk kitobxon sifatlari, o‘qish tuzilmasi darajalari tarkibiy qismlari elementlarini tanlash, saralash, qo‘llash xamda didaktik mazmunga intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5–7-sinf Tarbiya darslarida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari o‘qishni qo‘llab-quvvatlashga doir ijtimoiy jamg‘arma, fond, aksiya, chelenj, loyihalar, pedagogik rahbarlik, moslashtirish va psixologik ehtiyoj, moyillik, omillarning o‘zaro ta’siri va muvofiqligini belgilash asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-879/04-son dalolatnomasi). Natijada umumta’lim maktablari Tarbiya fani bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklaridagi o‘quv materiallari mazmuni takomillashtirish imkoni oshirilgan hamda o‘quvchilarda kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar bilan ishlash, kitobxonlik kundaliklari yuritish, matn ustida ishlash ko‘nikmalari ortiishiga imkon yaratilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini kartoteka, bibliografik ko‘rsatkich, kitobxon kundaligi, sinf va oila kutubxonasi, tahlil, munozara va kitobxonlik dasturi, badiiy adabiyot, lug‘at, ensiklopediya mutolaaga muttasil va muntazam rag‘batlantiruvchi strategiyalarga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-879/04-son dalolatnomasi). Natijada kitoblarning o‘quvchilar ruhiyati va ma’naviyatiga emotsional-estetik ta’siri aniqlangan hamda kognitiv-kommunikativ munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoni kengaytirilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning tahliliy modeli konseptual-mazmunli yondashuvlar, diagnostik motivatsion monitoring faoliyatli komponentlar, hamda rivojlantiruvchi tayyorgarlik, analitik, sintetik, avtomatlashgan bosqichlar ketma-ketligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-879/04-son dalolatnomasi). Natijada kitoblarning o‘quvchilar ruhiyati va ma’naviyatiga emotsional-estetik ta’siri aniqlangan hamda kognitiv-kommunikativ munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarin shakllantirishga imkon yaratilgan;
5–7-sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari o‘qishning nutq faoliyati turlari etuk kitobxon sifatlari, o‘qish tuzilmasi darajalari tarkibiy qismlari elementlarini tanlash, saralash, qo‘llash xamda intensivlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-879/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarda kitoblarni mustaqil tanlash va saralash, bosqichma-bosqich o‘qish, o‘qishga tizimli yondashish, mutolaadan samarali natija olish, kitoblar bilan ishlashning ichki imkoniyatlari aniqlashtirilgan.