Ibaydullaeva Umida Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P156.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sog‘inov Nurmat Abdusamatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni dinamik, differensial hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-ona va farzand munosabatlarida nizolarni darajaviy ifodalanishiga ko‘ra raqobat, hamkorlik, murosalilik, moslashuvchanlik xususiyatlarini integrativ rivojlanishi tufayli o‘smirlardagi koping xulq dinamik xususiyatga ega ekanligi asoslangan;
o‘smirlarning nizoli xulq-atvorini individual ifodalanishiga ko‘ra o‘z-o‘ziga beradigan bahoning hissiy komponentini xulqda rivojlanishi konfliktogen vaziyatni kognitiv baholashning ijtimoiy omillari dalillangan;
ota-ona va o‘smir munosabatlari triadasida nizoli xulqni ifodalanishiga ko‘ra emotsional munosabatlarda integrativ yondashuvning dual ta’sirini kuchayishi tufayli konfliktogen xulq differensial xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvida ularning onaga, otaga, aka-ukalariga hulq-atvorning ijtimoiy o‘xshashlik darajasini aniqlash jarayonida bolada bemehrlik, sovuqqonlik, befarqlik, yolg‘izlik xususiyatlari aniqlanib, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha psixoprofilaktik ishlarni olib borish zarur ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ota-ona hamda farzandlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
ota-onalarning farzandlari bilan o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni darajaviy ifodalanishiga ko‘ra ular o‘rtasida raqobat, hamkorlik, murosalilik, moslashuvchanlik xususiyatlarini integrativ rivojlanishi tufayli o‘smirlardagi koping xulq dinamik xususiyatga ega ekanligiga oid tavsiyalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 11 fevraldagi PM-09-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 2 noyabrdagi PM-9-m-son ma’lumotnomasi). Natijada markazida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarning nizo tushunchalari to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
o‘smirlarning nizoli xulq-atvorini individual ifodalanishiga ko‘ra o‘z-o‘ziga beradigan bahoning hissiy komponentini xulqda rivojlanishi konfliktogen vaziyatni kognitiv baholashning ijtimoiy omillariga oid taklif va tavsiyalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 11 fevraldagi PM-09-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 2 noyabrdagi PM-9-m-son ma’lumotnomasi). Natijada oiladagi psixologik muhitning sog‘lomlashishtirishning psixologik jihatlari takomilllashtirilgan;
ota-ona va o‘smir munosabatlari triadasida nizoli xulqni ifodalanishiga ko‘ra emotsional munosabatlarda integrativ yondashuvning dual ta’sirini kuchayishi tufayli konfliktogen xulq differensial xususiyatga ega ekanligi borasidagi taklif va tavsiyalari “Oila psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 11 fevraldagi PM-09-sonli buyrug‘iga asosan “Korreksion psixologiya” fani moduliga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 2 noyabrdagi PM-9-m-son ma’lumotnomasi). Natijada oila bilan ishlovchi amaliyotchi psixolog-mutaxassislarni malaka saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvida ularning onaga, otaga, aka-ukalariga, hulq-atvorning ijtimoiy o‘xshashlik darajasini aniqlash jarayonida bolada bemehrlik, sovuqqonlik, befarqlik, yolg‘izlik xususiyatlari aniqlanib, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha psixoprofilaktik ishlarni olib borish zarur ekanligi haqidagi ilmiy natija va tavsiyalari “Oila psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 11 fevraldagi PM-09-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” fani moduli hamda “Rivojlanish psixologiyasi” laboratoriyasi faoliyati doirasida yaratilayotgan “Oilaviy munosabatlarda bolalarga tazyiq psixoprofilaktikasi” nomli uslubiy qo‘llanmasiga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 2 noyabrdagi PM-9-m-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning o‘smirlar va ota-onalarga psixologik xizmat ko‘rsatishning sifatini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.