Madraximova Feruza Ruzimbaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida mediasavodxonlikni rivojlantirish”, 13.00.01. –Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped277. 
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matjonov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida mediasvodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limga aksiologik yondashuvni joriy etish orqali talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish matrisasi «izlash, baholash, tanlash va proeksiya» kabi shartli tanlovni ifoda etuvchi mexanizmni diagnostik, ta’limiy hamda faoliyatga doir bosqichlar bilan qayta aloqaga kirishuvchanlik darajasi barqarorligini mo‘’tadil namoyon bo‘lish mantig‘iga ustuvorlik berishni muntazam ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
formal va noformal ta’lim jarayonida talabalarning mediamatnlar ustida ishlash texnologiyalari, mediakompetentlik, media haqidagi bilimlarga egalik, media iste’moli madaniyati, mediatanqid, analitik va refleksiv omillarni egallanganlik darajasi hamda ta’limiy va kasbiy sohaga yo‘naltirilgan mediamatnlar shaxsning individual-integrativ sifatlari darajasi va qayta aloqaga kirishuvchanlik barqarorligiga adekvat moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning kognitiv, emotiv-qadriyatli faoliyatga doir mezonlari, indifferent, potensial-texnologik, kreativ-loyihaviy, aksiologik darajalarining produkdogenlik jihatlari hamda medialoyihalar bilan ishlash jarayonida talabalarda sub’ektiv pozisiyaning mo‘’tadil namoyon bo‘lish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy va hayotiy-ma’naviy makon sifatida mediamuhitga ijtimoiy moslashuvi, shaxsning mediatizatsiyalashga doir ilg‘or xorijiy tajribalarni adaptativ variantlarini loyihalash hamda talabalarning tadqiqotchilik faoliyatida medialoyihalar maxsus kursini kiritishning pedagogik shart-sharoitlari milliy identiklikni bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti mediabiografik, axloqiy dilemma, mediamatnlarni narrativ tahlil qilish hamda tadqiqotchilikka doir interaktiv ta’lim texnologiyalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayoniga yo‘naltirilgan mediaresurslarning suggestiv ta’siri inteorizatsiyalashuvi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining mediasavodxonligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
formal va noformal ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan shaxsiy-sub’ektiv natija sifatida mediasavodxonlikni media haqidagi bilimlarga egalik, media iste’moli madaniyati, analitik va refleksiv ko‘nikmalarni egallanganlik bilan bog‘lik mediatanqid, ta’limiy va kasbiy sohaga yo‘naltirilgan mediamatnlarni tanlashga kreativ yondashuv kabilarni taqozo etuvchi shaxsning individual-integrativ sifatlari majmui sifatida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun «Madaniyatshunoslik» darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i). Natijada, jamiyatni axborotlashtirish sharoitida talabalarda umummadaniy va mediasavodxonlikni rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning kognitiv, emotiv-qadriyatli faoliyatga doir mezonlari, indifferent, potensial-texnologik, kreativ-loyihaviy, aksiologik darajalarining produkdogenlik jihatlari hamda medialoyihalar bilan ishlash jarayonida talabalarda sub’ektiv pozisiyaning mo‘’tadil namoyon bo‘lish mantiqiga ustuvorlik berish hamda talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti mediabiografik, axloqiy dilemma, mediamatnlarni narrativ tahlil qilish hamda tadqiqotchilikka doir interaktiv ta’lim texnologiyalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayoniga yo‘naltirilgan mediaresurslarning suggestiv ta’siri inteorizatsiyalashuvi intensivligini ta’minlashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining barcha tizimlarida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 4-13-23/3444-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda medimadaniyatni rivojlantirishga doir mediatadbirlar samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’limga aksiologik yondashuvni joriy etish orqali talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish matrisasi «izlash, baholash, tanlash va proeksiya» kabi shartli tanlovni ifoda etuvchi mexanizmni diagnostik, ta’limiy hamda faoliyatga doir bosqichlar bilan qayta aloqaga kirishuvchanlik darajasi barqarorligini muntazam ta’minlash hamda talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning kognitiv, emotiv-qadriyatli, faoliyatga doir mezonlari, indifferent, potensial-texnologik, kreativ-loyihaviy, aksiologik darajalarining produkdogenlik jihatlarini medialoyihalar bilan ishlash jarayonida talabalarda sub’ektiv pozisiyaning mo‘’tadil namoyon bo‘lish mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi VI yo‘nalishida belgilangan «Aholining Internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora tadbirlar» 31 bandi «Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, ularning ibratli hayot yo‘li hamda jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan xalqaro Internet tarmog‘ini boyitib borish» mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 20 oktyabrdagi 02-22/362-con ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
formal va noformal ta’lim jarayonida talabalarning shaxsiy-sub’ektiv ko‘nikmalari mediakompetentlik, media haqidagi bilimlarga egalik, media iste’moli madaniyati, mediatanqid, analitik va refleksiv omillarni egallanganlik darajasi hamda ta’limiy va kasbiy sohaga yo‘naltirilgan mediamatnlarni tanlashga kreativ yondashuvlar hamda ta’limga aksiologik yondashuvni joriy etish orqali talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish matrisasi «izlash, baholash, tanlash va proeksiya» kabi shartli tanlovni ifoda etuvchi mexanizmni diagnostik, ta’limiy hamda faoliyatga doir bosqichlar bilan qayta aloqaga kirishuvchanlik darajasi barqarorligini muntazam ta’minlashga oid takliflar O‘zMTRK «O’zbekiston» teleradiokanalining «Munosabat», «Assalom O‘zbekiston», «Munozara maydoni» ko‘rsatuvlarining ssenariy dasturlariga singdirilgan (O‘zMTRK «O’zbekiston» teleradiokanalining 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-1766-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishda ta’lim tashkilotlari va OAV hamkorligini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning ta’limiy va hayotiy ma’naviy makon sifatida mediamuhitga ijtimoiy moslashuvi, shaxsning mediatizatsiyalashga doir ilg‘or xorijiy tajribalarni adaptativ variantlarini loyihalash hamda talabalarning tadqiqotchilik faoliyatida medialoyihalar maxsus kursini ishlab chiqish kabi pedagogik shart-sharoitlarini milliy identiklikni bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 dekabrdagi 02-07-4406/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish