Elchieva Dinara Tolubaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarga qiziqishini shakllantirish uchun didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1784.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponetlar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarga qiziqishini shakllantirish uchun didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilishga bo‘lgan qiziqishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari, mashg‘ulotning turli bosqichlarida didaktik imkoniyatlarni takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda o‘qituvchining individual yondashuvi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlariga qiziqishni shakllantirishning usullari yangiliklarni qabul qilishga o‘rgatish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, mashg‘ulotning turli bosqichlarida ijodiy, mustaqil ishlarni tashkil etish kabi bilishga oid maxsus didaktik jarayonlarda takomillashtirilgan;
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida bilim olishga qiziqishni shakllantiradigan asosiy kompetensiyalarni (kommunikativ, informatsion ish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va milliy-madaniy kompetensiyani) shakllantirish asosida “Mashg‘ulotlarning turli bosqichlarini tashkil etishga qaratilgan didaktik jarayon asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimga qiziqishini shakllantiradigan mashg‘ulotlarini tashkil etishning didaktik imkoniyatlarini (didaktik xususiyatlar, amalga oshirish bosqichlari, texnologiyalari) aniqlash asosida mashg‘ulot bosqichlarini tanlash, tizimlashtirish va loyihalash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarga qiziqishini shakllantirish uchun didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishda kreativ yondashuvni tatbiq etish orqali o‘smirlar ijodini shakllantirishning pedagogik asoslari (maqsadli yo‘naltirish, madaniyat bilan to‘ldirilgan muhit mazmuni, faoliyat texnologiyasi va mexanizmlari, mezon va ko‘rsatkichlar) shaxs madaniy shakllanishining asosiy mexanizmiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetining YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada 5-6 sinf o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirish imkoni oshirilgan;
o‘quvchilarni ijodkorlika yo‘naltirish va madaniy-innovatsion faoliyat, kreativ ta’lim va shaxslararo muloqot, madaniyat va texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktabi va umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashqari hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimi takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-20140906164153 raqamli “Ilmiy pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarning shaxsiy va ijodiy shakllantirish va ijtimoiylashtirishning o‘quv tizimini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishda integrativlik, maqsad, mazmun, texnologik va pedagogik pozisiyalarning birligiga asoslanish orqali o‘quvchilar ijodini rivojlantirish tizimiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetining YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy muhitni yaratish imkoni oshirilgan;
zamonaviy o‘smirlarning ijodiy potensialini shakllantirish uchun shart-sharoitlar sifatida o‘quvchilarning madaniy faoliyatini tashkil etishga va o‘qituvchilarni ushbu jarayonga (tashkiliy, motivatsion, ijtimoiy-pedagogik, texnologik) tayyorlashga yordam beradigan madaniy-ma’rifiy muhitni yaratish uchun psixologik hamda pedagogik shart-sharoitlarga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-20140906164153 raqamli “Ilmiy pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada keraktiv yondashuv asosida o‘quvchilarning shaxsiy va ijodiy resurslarini shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi mezon va ko‘rsatkichlarini asoslashga sharoit yaratilgan.