Amirova Zohida Oripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “heart-yurak” konseptining verballashuvi va lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2095.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Abdulla Eshquvvatovich, filologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD); Siddiqova Iroda Abduazizovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “yurak” konsepti verballashuvining lingvokul`turologik aspektda farqli va o‘xshash jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida olamning lisoniy tasvirida “yurak” konseptini kategoriyalashtirish orqali ular o‘rtasidagi konseptual, frazeologik va komponent jihatdan farqli va metaforik, lingvoma’naviy kabi o‘xshash jihatlari aniqlangan;
muayyan etnos mentalitetining kontekstida dunyo manzarasini tasvirlashning lisoniy konseptual usuli turli lingvomadaniy konfigurasiyalarning paydo bo‘lishiga ta’sir etishi o‘zbek va ingliz tillarida “yurak” konseptining kognitiv, qiyosiy tahlili misolida ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi olam lisoniy tasvirida “yurak” konsepti ingliz tilidagi olam lisoniy tasviridan farqli tarzda “umid”, “iroda”, “qo‘rquv”, “jasorat”, “kuch”, “xotira”, “tafakkur”, “vijdon”, “oldindan sezish” konseptlari tarkibiga kirishi ularning nutqiy jarayonda universal lingvomadaniy konseptlar ekani dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarining ichki resurslariga tayangan holda “yurak” komponentli til birliklari ba’zasi, “yurak” konseptining semantik maydoni xususiyatlari va uning lingvomadaniy aspektda mushtarak, ifodalanishiga ko‘ra milliy va mental jihatidan o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “heart-yurak” konseptining verballashuvi va lingvokul`turologik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida olamning lisoniy tasvirida “yurak” konseptini kategoriyalashtirish orqali ular o‘rtasidagi konseptual, frazeologik va komponent jihatdan farqli va metaforik, lingvoma’naviy kabi o‘xshash jihatlari aniqlanganligiga oid yangilikdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022 yil 18 martdagi 01/1-502-son ma’lumotnomasi).. Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek tillari olam lisoniy tasvirida “yurak” konseptiga o‘ziga xos voqelanishining mushtarak alohidalik xususiyatlarini ochib berilgan;
muayyan etnos mentalitetining kontekstida dunyo manzarasini tasvirlashning lisoniy konseptual usuli turli lingvomadaniy konfigurasiyalarning paydo bo‘lishiga ta’sir etishligi o‘zbek va ingliz tillarida “yurak” konseptining kognitiv, qiyosiy tahlili misolida ochib berilganligiga oid yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2022 yil 20 maydagi 17-01/81-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek tillarida “yurak” tarkibiy qismli til birliklari ba’zasi aniqlangan;
o‘zbek tilidagi olam lisoniy tasvirida “yurak” konsepti ingliz tilidagi olam lisoniy tasviridan farqli tarzda “umid”, “iroda”, “qo‘rquv”, “jasorat”, “kuch”, “xotira”, “tafakkur”, “vijdon”, “oldindan sezish” konseptlari tarkibiga kirishligi ularning nutqiy jarayonda universal lingvomadaniy konseptlar ekani dalillanganligiga oid yangiliklaridan Qashqadaryo teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo” telekanalida tashkil etiladigan “Fayzli kun” ko‘rsatuvining “Xorijiy tilni o‘rganish zamonaviy linvokul`turologiya sohasining yutuqlari” deb nomlangan ko‘rsatuvi ingliz va o‘zbek tillarida lingvokul`turologiya sohasiga oid konseptlarni yoritishda foydalanilgan (“Qashqadaryo” telekanalining 2022 yil 16 martdagi 17-05/84-son ma’lumotnomasi). Natijada olam lisoniy tasvirida “yurak” alohida konsept sifatida universal hamda har bir tilga xos lingvomadaniylashgan lisoniy xodisa ekanligining mazmun-mohiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan.