Chorieva Mehriniso Qiyomiddinovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tamkin Buxoriy hayoti va adabiy merosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1753.
Ilmiy rahbar: Bekova Nazora Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raev Jaloliddin, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan zullisonayn shoir Abdurahmon Tamkin Buxoriy adabiy merosining manbalari, unda aks etgan umumbashariy mavzular, janr, motiv va obrazlarning an’anaviyligi hamda yangilanishi, bunda ijodkorning lingvopoetik va lingvostilistik mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharifjon-Maxdum Sadri Ziyoning “Tazkori ash’or”, Abdullohxoja Abdiyning “Tazkirat ush-shuaroi mutaaxxirin” va Shayx Abdulqodir Karomatullo Buxoriyning “Armug‘oni sabbog‘”, S.Ayniyning “Yoddoshtho” va “Namunai adabiyoti tojik” adabiy manbalar, tazkiralar asosida Abdurahmon Tamkin tarjimai holi, ijodiy biografiyasi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro adabiy muhitidagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy sharoitning Abdurahmon Tamkin ijodiga ta’siri asoslangan;
Abdurahmon Tamkin Buxoriy adabiy merosining o‘zbek va tojik mumtoz she’riyati an’analari tadrijiy rivojlanishidagi o‘ziga xos o‘rni, shoir lirikasining ishq, muhabbat, sadoqat, do‘stlik kabi g‘oyaviy mundarijasi, badiiyati, poetik uslubi, janriy tarkibi, til xususiyatlari dalillangan;
shoir devonlarining qo‘lyozma nusxalari, “Mo‘liston” va “Ganji shoygon” madhiyalari, “Jaroid” asarida tashbih, tajnis, majoz, istiora, ramz, kinoya kabi san’at turlari qo‘llanganligi dalillanib, devonlarining to‘qqiz lirik janr (qasida, g‘azal, muxammas, masnaviy, ruboiy, qit’a, fard, chiston, muammo)dan iborat ekanligi aniqlangan;
zullisonayn ijodkorning forsiy, arabiy, turkiy tillarda yaratgan asarlari hajmi, janriy tarkibi, mavzular olami, devonidagi she’rlar tabdil qilinib, shoir lirikasida go‘zal badiiyat uyg‘unligini ta’minlashda lafziy va ma’naviy san’atlarning mutanosibligi, maqollarning poeziya tiliga yaqinligi, aforizmlarning tarbiyaviy ahamiyat kasb etganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tamkin Buxoriy hayoti va adabiy merosini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Abdurahmon Tamkin Buxoriy adabiy merosining o‘zbek va tojik mumtoz she’riyati an’analari tadrijiy rivojlanishidagi o‘ziga xos o‘rni, shoir lirikasining ishq, muhabbat, sadoqat, do‘stlik kabi g‘oyaviy mundarijasi, badiiyati, poetik uslubi, janriy tarkibi, til xususiyatlari dalillangan xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminatar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada (2012-2016 yy) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 7 sentyabrdagi 17.01/208-son dalolatnomasi). Natijada Tamkin Buxoriy devonidagi lirik asarlar va hikoyatlarning janr xususiyatlari, mazmuni, mohiyati, ularda tilga olingan axloqiy, ijtimoiy, falsafiy, tasavvufiy muammolarni yoritib berishga erishilgan;
zullisonayn ijodkorning forsiy, arabiy, turkiy tillarda yaratgan asarlari hajmi, janriy tarkibi, mavzular olami, devonidagi she’rlar tabdil qilinib, shoir lirikasida go‘zal badiiyat uyg‘unligini ta’minlashda lafziy va ma’naviy san’atlarning mutanosibligi, maqollarning poeziya tiliga yaqinligi, aforizmlarning tarbiyaviy ahamiyatiga doir xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminatar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada (2017-2020 yy) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 7 sentyabrdagi 17.01/208-son dalolatnomasi). Natijada Tamkin Buxoriy turkiy va forsiy she’riyatining badiiy xususiyatlari, g‘oyaviy timsollari, tasavvufiy obrazlar silsilasini ochib berishga xizmat qilgan;
Sharifjon-Maxdum Sadri Ziyoning “Tazkori ash’or”, Abdullohxoja Abdiyning “Tazkirat ush-shuaroi mutaaxxirin” va Shayx Abdulqodir Karomatullo Buxoriyning “Armug‘oni sabbog‘”, S.Ayniyning “Yoddoshtho” va “Namunai adabiyoti tojik” adabiy manbalar, tazkiralar asosida Abdurahmon Tamkin tarjimai holi, ijodiy biografiyasi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro adabiy muhitidagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy sharoitning Abdurahmon Tamkin ijodiga ta’siri asoslangan ilmiy xulosalardan «Buxoro» telekanalining «Zamondosh», «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 apreldagi 22/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimiz o‘zining yana bir ajdodining yaratgan asarlari va ibratli hayot yo‘lidan ogoh bo‘ldi va teletomoshabinlarning Buxoro adabiy muhiti bo‘yicha tasavvurlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan.