Xamraeva Mazxuna Gayratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida evidensiallikning kognitiv va pragmatik tahlili (sezgi fe’llari misolida)”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil 1670.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Samarqand davlat chet tillari instituti, PhD.03/30/12/2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Bahodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulov Zubaydulla Izomovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida evidensiallikning kognitiv, pragmatik hamda funksional-semantik xususiyatlarini sezgi fe’llari misolida qiyosiy aspektda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
evidensiallik nazariyasiga oid evidensial klishe, mirativlik, epistemik modallik kabi tilshunoslik kategoriyalarining kognitiv va pragmatik asosga ega ekanligi aniqlangan;  
     ingliz va o‘zbek tillarida evidensiallik kategoriyasini hosil qiluvchi lisoniy birliklar (sezgi fe’llari) ko‘rish harakati orqali (vizual), ko‘rish harakatisiz (novizual) xususiyatlari aniqlanib, ularning faktuallikka xos bevosita va bilvosita ma’nolari asosi shakllantirilgan; 
ingliz tilidagi evidensiallik kategoriyasini shakllantiruvchi tuzilmalar  (seem, perceive, to turn out, etc.) belgilanib, o‘zbek tilida evidensiallik hodisasini asosan leksik-grammatik vositalar (tuyulmoq, deb tushunmoq, deya qabul qilmoq, -gandi, -ibdi, -ayotir, -mish) tashkil qilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida evidensial ko‘rsatkichlarning sakkizdan ziyod funksional-semantik turlari (xulosaviy, kvotativ, guvohiy, vizual va boshqalar)  aniqlanib, ular pragmatik (direktiv, assertiv, verdiktiv kabi) vazifalarni bajarishi  isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida evidensiallikning kognitiv va pragmatik tahlili (sezgi fe’llari misolida) mavzusidagi ilmiy tadqiqot asosida: 
evidensiallik nazariyasiga oid evidensial klishe, mirativlik, epistemik modallik kabi tilshunoslik kategoriyalarining kognitiv asosga egaligi kabi tilshunoslik kategoriyalarining nutqda faollashuvi jihatlari Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasida 2016-2017-yillarda olib borilgan MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” innovatsion amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2022 yil 20 maydagi 04-566-son ma’lumotnomasi). Natijada, evidensial birliklarlarning muloqotda faollashuvi maktab o‘quvchilarining nutqini rivojlantirishga qaratilgan leksik boyligini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida evidensiallik kategoriyasini hosil qiluvchi lisoniy birliklar (sezgi fe’llari) ko‘rish harakati orqali (vizual), ko‘rish harakatisiz (novizual) xususiyatlari aniqlanib ularning faktuallikka xos bevosita va bilvosita ma’nolari tahlilidan Samarqand chet tillar instituti tashabbusi bilan Evropa Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan Erasmus + dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 fevraldagi 305.30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalariga murojaat qilingan;
ingliz tilidagi evidensiallik kategoriyasini shakllantiruvchi tuzilmalar  (seem, perceive, to turn out, etc.) belgilanib, o‘zbek tilida evidensiallik hodisasi leksik-grammatik vositalar (tuyulmoq, deb tushunmoq, deya qabul qilmoq, -gandi, -ibdi, -ayotir, -mish) vositalar tahlilidan Samarqand davlat chet tillar institutida 2020-2021- yillarda bajarilgan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 fevraldagi 302.30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili og‘zaki nutqini rivojlantirish uchun tashkillashtirilgan til aspektlari amaliyoti va til ko‘nikmalari integratsiyasini o‘qitishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar sifatli takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish