Sayt test rejimida ishlamoqda

Qurbonova Barchinoy Mirzahamdamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped551.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kaxarova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlashning nazariy asoslari va didaktik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash tuzilmasi o‘quvchilarda o‘quv topshiriqlariga nisbatan intellektual va eruditiv faollik, badiiy mushohada, mas’uliyatlilik kabi sifatlarni rivojlantirishning pedagogik parametrlari bo‘yicha takomillashtirish ijtimoiy-pedagogik zarurat ekanligi asoslangan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari va mazmuni, pedagogik imkoniyatlari o‘quv-biluv jarayonini germenevtik yondashuv, kontekstli texnologiyalarni talaba shaxsiga yo‘naltirish, loyihalashtirilgan didaktik tizimning sinergetik rivojlanish tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlangan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash jarayonining pedagogik modelining tarkibiy tuzilmasi komponentlarining pedagogik jarayondagi integratsiyasi intensivligi monitoring va natijaviylik bosqichlarini aniqlash ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlashning didaktik tizim resurslarini tizimli-faoliyatli, aksiologik, akmeologik, shaxsiy-faoliyatli, kompetentli yondashuv imkoniyatlari ichki psixologik hamda tashqi pedagogik omillar asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash tuzilmasini o‘quvchilarda o‘quv topshiriqlariga nisbatan intellektual va eruditiv faollik, badiiy mushohada, mas’uliyatlilik kabi sifatlarni rivojlantirishning neyropedagogik parametrlari bo‘yicha takomillashtirishga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 27 iyuldagi 02-07-2010/04-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkurni shakllantirishga tayyorlash imkoniyatlarini o‘quv-biluv jarayonini germenevtik kontekstli texnologiyalarini talaba shaxsiga yo‘naltirish, loyihalashtirilgan didaktik tizimning sinergetik rivojlanishi kabi tamoyillarga ustivorlik berish asosida aniqlashga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 27 iyuldagi 02-07-2010/04-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik asoslarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlash jarayonining pedagogik modeli tarkibiy tuzilmasi komponentlarining pedagogik jarayondagi nntegratsiyasi  intensivligining monitoring va natijaviylik bosqichlarini aniqlash ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining  “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar” nomli IX bandida belgilangan  “Mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash”ga bag‘ishlangan   vazifalar ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 8 sentyabr 260-son ma’lumotnomasi). Natijalar bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini tarkib toptirishga tayyorlashning didaktik tizimi hamda pedagogik modelini takomillashtirishga xizmat qilgan.  
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkur elementlarini shakllantirishga tayyorlashning didaktik tizim resurslarini tizimli-faoliyatli, aksiologik, akmeologik, shaxsiy-faoliyatli, kompetentli yondashuv imkoniyatlarini ichki psixologik hamda tashqi pedagogik  omillar asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar” nomli IX bandida belgilangan  “Mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 8 sentyabr 260-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida badiiy tafakkurni shakllantirish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish