Sayt test rejimida ishlamoqda

To‘raxonov Fozil Bobonazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashgan maktablarda fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2121.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Ergash Yuldashevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Djoraev Maxamatrasul, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashgan maktablarda fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashgan maktablarda zamonaviy axborotlashgan ta’lim muhitida fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish bosqichlari tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlariga  integrativ yondashuv asosida  tashkil etish xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlashtirilgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarini tanlashda va echishda fizika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining (faoliyatli, innovatsiyali) tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning amaliy mashg‘ulotlariga oid tayanch kompetensiyalarining rivojlanish jarayonlari fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasining  tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida  mul`timediali ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlariga (virtual modellar, seminar-trening, interfaol) ustuvorlik bergan holda takomillashtirilgan;
ixtisoslashgan maktablarda o‘quvchilarning bilish faolligi va analitik fikrlashini intensiv rivojlantirish mexanizmi fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, faoliyatga doir, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni fizik eksperimental faoliyatga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalarni (nostandart masalalarini bajarish)  samarali tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashgan maktablarda fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ixtisoslashgan maktablarda zamonaviy axborotlashgan ta’lim muhitida fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish bosqichlari tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlari  integrativ yondashuv asosida  tashkil etish xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlashtirilgan  xulosa va tavsiyalardan Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli ixtisoslashgan maktablarning fizika fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 18 apreldagi 01/11–01/9–508–son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda fizikadan amaliy mashg‘ulotlar doirasida fanga oid kompetensiya elementlarini rivojlantirish mexanizmi takomillashgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarini tanlashda va echishda fizika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining (faoliyatli, innovatsiyali) tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187–son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 18 apreldagi 01/11–01/9–508–son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashgan maktablarda fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik dasturiy vositalarga asoslangan holda o‘qitish texnologiyalari takomillashgan;
fizikaning amaliy mashg‘ulotlariga oid tayanch kompetensiyalarining rivojlanish jarayonlari fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasining  tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida mul`timediali ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlariga (virtual modellar, seminar-trening, interfaol) ustuvorlik bergan holda takomillashtirilgan tavsiyalaridan Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli ixtisoslashgan maktablarning fizika fanini  o‘qitishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 18 apreldagi 01/11–01/9–508–son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashgan maktab o‘qituvchilarini fizikadan amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishning metodik imkoniyatlari takomillashgan va ularning metodik tayyorgarligi oshgan;
ixtisoslashgan maktablarda o‘quvchilarning bilish faolligi va analitik fikrlashini intensiv rivojlantirish mexanizmi fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, faoliyatga doir, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni fizik eksperimental faoliyatga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalarni (nostandart masalalarini bajarish) samarali tatbiq etish orqali takomillashtirilganda  “Interactive physics” dasturi modelidan foydalanish imkoniyatlariga oid taklif va xulosalardan Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablarining tanlov sinflar va fizika fanini o‘qitishga ixtisoslashgan maktablarda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga oid uslubiy tavsiyalarni yaratishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 18 apreldagi 01/11–01/9–508–son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarining tanlov sinflari va fizika o‘qitishga ixtisoslashgan maktablarda fizika o‘qitishda dasturiy vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish