Sayt test rejimida ishlamoqda

Sattorov Abdujalol Abduhamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh elementlari asosida fizikadan yangi laboratoriya asboblarini yaratish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish (umumta’lim maktablari va akademik liseylar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1672.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Ugolay Xasanovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh elementlari yordamida yangi laboratoriya asboblarini yaratish va ular asosida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, fizika darslarini tashkil qilishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari va akademik liseylarda fizika qonunlarining mazmun-mohiyatini metodik o‘qitishni mazmun, shakl va vositalari tashkil etadigan tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizika qonunlarining mohiyatlarini to‘laroq ochib berishga xizmat qiladigan quyosh elementlari asosida yangi turdagi laboratoriya asboblarini  yaratish, ularni metodik  va imkoniyatlarini ko‘rsatish mantiqiy tarkibiy qismlari (yangi laboratoriya asboblarni bilishga va ishlatishga bo‘lgan ehtiyoj, muammoli vaziyat yaratish, aqliy imkoniyat)ni o‘quvchilarni kreativ faoliyatga imkon beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari  asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari va akademik liseylarda quyosh elementlari asosida yaratilgan laboratoriya asboblaridan foydalanib, fizika fanini o‘qitishni tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
quyosh elementlari asosida yaratilgan yangi turdagi laboratoriya asboblaridan foydalanib, umumta’lim maktablari va akademik liseylarda laboratoriya ishlarini bajarish metodikasini takomillashtirishning o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh elementlari asosida fizikadan yangi laboratoriya asboblarini yaratish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish (umumta’lim maktablari va akademik liseylar misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablari va akademik liseylarda fizika qonunlarining mazmun-mohiyatini metodik o‘qitishni mazmun, shakl va vositalari tashkil etadigan tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan TDTU hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi akademik liseylarida, Surxondaryo xalq ta’limi taa’sarrufidagi umumta’lim maktablarida fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 02-02/4-1685-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika o‘qitish jarayoni va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilish samaradorligi ortgan;
fizika qonunlarining mohiyatlarini to‘laroq ochib berishga xizmat qiladigan quyosh elementlari asosida yangi turdagi laboratoriya asboblarini  yaratish, ularni metodik  va imkoniyatlarini ko‘rsatish mantiqiy tarkibiy qismlari (yangi laboratoriya asboblarni bilishga va ishlatishga bo‘lgan ehtiyoj, muammoli  vaziyat yaratish, aqliy imkoniyat)ni o‘quvchilarni kreativ faoliyatga imkon beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari  asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan TDTU huzuridagi akademik liseyda, Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik liseyi va mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5206-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey va umumta’lim maktablarida fizika mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
umumta’lim maktablari va akademik liseylarda quyosh elementlari asosida yaratilgan laboratoriya asboblaridan foydalanib, fizika fanini o‘qitishni tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan Surxondaryo xalq ta’limi taa’sarrufidagi umumta’lim maktablarida fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 10 maydagi 01/11-01/9-650-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan sertifikatlar laboratoriya qurilmalarini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etishga asos bo‘lgan;
quyosh elementlari asosida yaratilgan yangi turdagi laboratoriya asboblaridan foydalanib, umumta’lim maktablari va akademik liseylarda laboratoriya ishlarini bajarish metodikasini takomillashtirishning o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan tavsiyalaridan Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik liseyi va mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 02-02/4-1685-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu darslar ishlanmalari me’yoriy hujjat asosida yaratilgan laboratoriya qurilmalari umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda fizik qonuniyatlar mazmunini tushuntirishga va dars jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish