Sayt test rejimida ishlamoqda

Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish texnologiyasi (aniq va tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped.2585.
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc). 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Askarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirishning ilmiy metodik va didaktik ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internallik darajasi va yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirishning ilmiy, nazariy-metodologik asoslari  aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internallik darajasi va yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirishda o‘quvchilar iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizim boshlang‘ich sinflarda tabiiy va matematika fanlarini o‘qitishda fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalari asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirishda o‘qitishning samarali metodlari (muammoli, mantiqiy, og‘zaki bayon etish, kuzatish, tajriba o‘tkazish), zamonaviy ta’lim texnologiyalari (klaster, aqliy hujum, Bumerang, ijodiy o‘yin), shakllari (darsda, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar) tabiiy, tasviriy, ko‘rgazmali kabi vositalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat  tuzilmasi bilan internallik darajasi va yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirishning ilmiy, nazariy-metodologik asoslari  aniqlashtirishi natijasida ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyuldagi 559-son “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish ta’lim mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 19 fevraldagi 01/11-01/10-253-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv fanlari o‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlash, ijtimoiy kommunikativ va erkin muloqotga kirishish jarayonining o‘sishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni innovasion-pedagogik faoliyatga moslashuv bosqichlari motivasion, kognitivlik, integrativlik, refleksivlik mezonlarining amaliy-kasbiy faoliyat  tuzilmasi bilan internallik darajasi va yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlashtirishning yangi vaziyatlarda qo‘llash mazmuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim fanlari konsepsiyalari, DTSlar va boshlang‘ich sinf darsliklari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 19 fevraldagi 01/11-01/10-253-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida integratsiyalashgan ta’limni fanlararo aloqadorlikda o‘qitishning modernizatsiyalashgan, integratsiyalashgan tizimini yaratishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirishda o‘quvchilar iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizim, boshlang‘ich sinflarda tabiiy va matematika fanlarini o‘qitishda fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalari asosida rivojlantirishini amaliyotga joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, ya’ni Surxondaryo, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida 6 ta umumta’lim maktablarining 2-4-sinflaridan 460 nafar o‘quvchiga darsda, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda tabiiy fanlarni fanlararo o‘qitish amaliyotida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 19 fevraldagi 01/11-01/10-253-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktabining 2-4-sinflarda tabiiy fanlarni integratsiyalash mazmunida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirishda o‘qitishning samarali metodlari (muammoli, mantiqiy, og‘zaki bayon etish, kuzatish, tajriba o‘tkazish), zamonaviy ta’lim texnologiyalari (klaster, aqliy hujum, Bumerang, ijodiy o‘yin), shakllari (darsda, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar) tabiiy, tasviriy, ko‘rgazmali kabi vositalar asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mufoviq 2018-2021 yillarda bajarilgan “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar bilimini o‘stirish va umumiy rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari” mavzusidagi amaliy loyiha  doirasida  umumta’lim maktablari boshlang‘ich ta’lim jarayonida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 19 fevraldagi 01/11-01/10-253-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish orqali dars sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish