Sayt test rejimida ishlamoqda

Muratova Saboxat Chorievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy raqs vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2757. 
Ilmiy rahbar: Qodirov Qutlug‘bek Bekmurodovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy raqs vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs vositasida o‘quvchilarni tarbiyalashda ularda raqs harakatlarini egallash uchun motivatsiya (milliy o‘zlikni anglash, his-hayajonlarni yuzaga keltirish imkoniyatlari, bag‘rikenglik asosida zavqlanish) yuksak axloqiy g‘oyalarga sodiqligi (sha’ni va qadr-qimmatini saqlash, milliy iftixor va milliy g‘ururni namoyon etish, estetik tuyg‘uning rivojlanishi, ijtimoiy hayot go‘zalliklarini his etish; go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanishi) meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni o‘quvchilarni milliy raqs vositasida, ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmunini  milliy raqs o‘rgatishning mazmuni, didaktik maqsadlari, pedagoglar (baletmeyster, konsertmeyster, jo‘rnavoz) faoliyati, o‘qituvchi faoliyati, pedagogik samarasi; (“Milliy raqs”, “Ta’lim jarayoni”, “Ma’naiy-estetik riojlantirish” komponentlari) Bayot”, “Qo‘g‘irchoq”, “Paxta”, “Doira dars” qars tinglash, to‘lqin, g‘oz suzish, qiyin ifori, zang harakatlari asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmunini belgilovchi tarbiya jarayoniga faol kiritish negizida muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqilgan;
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs san’atini o‘rgatishning amaliy-uslubiy mazmuni HTMU (harakat, tasvirlash, maktab, umumlashtirish)” hamda “taktma-takt” texnologiyalari bilan boyitilgan va didaktik xususiyatlari (ijodiy, hisciy-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari)ga ko‘ra takomillashtirilgan;
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs san’atini o‘rgatish tizimi mazmuni mul`tipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari maqsad (ijtimoiy buyurtma, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar), pedagogik jarayon (kasbiy kompetensiyaning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni milliy raqs vositasida ma’naviy-estetik tarbiyalash pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs vositasida o‘quvchilarni tarbiyalashda ularda raqs harakatlarini egallash uchun motivatsiya (milliy o‘zlikni anglash, his-hayajonlarni yuzaga keltirish imkoniyatlari, bag‘rikenglik asosida zavqlanish) yuksak axloqiy g‘oyalarga sodiqligi (sha’ni va qadr-qimmatini saqlash, milliy iftixor va milliy g‘ururni namoyon etish, estetik tuyg‘uning rivojlanishi, ijtimoiy hayot go‘zalliklarini his etish; go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanishi) meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalaridan Surxondaryo xalq ta’limi taa’sarufidagi bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs san’atini o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 05-12-10-4207-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar rivojlanganligini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan; 
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni o‘quvchilarni milliy raqs vositasida, ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmunini  milliy raqs o‘rgatishning mazmuni, didaktik maqsadlari, pedagoglar (baletmeyster, konsertmeyster, jo‘rnavoz) faoliyati, o‘qituvchi faoliyati, pedagogik samarasi; (“Milliy raqs”, “Ta’lim jarayoni”, “Ma’naiy-estetik riojlantirish” komponentlari) Bayot”, “Qo‘g‘irchoq”, “Paxta”, “Doira dars” qars tinglash, to‘lqin, g‘oz suzish, qiyin ifori, zang harakatlari asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmunini belgilovchi tarbiya jarayoniga faol kiritish negizida muvofiqlashtirilgan holda metodik jihatdan yaxlit tizimi ishlab chiqilgan o‘quvchilarni milliy raqs vositasida ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni, tamoyillari va omillarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Surxondaryo xalq ta’limi tasarrufidagi muassalarida Termiz davlat universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan “Musiqa ta’limi hamda san`at nazariyasi va amaliyoti integratsiyasini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusidagi  amaliy loyihasi doirasida o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashni pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish jarayonini loyihalashtirish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 maydagi 89-02-571-son ma’lumotnoma). Natijada, bu jarayonlar raqs vositasida ma’naviy-estetik tarbiyalash samaradorligi oshishiga xizmat qilgan; 
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs san’atini o‘rgatishning amaliy-uslubiy mazmuni HTMU (harakat, tasvirlash, maktab, umumlashtirish)” hamda “taktma-takt” texnologiyalari bilan boyitilgan va didaktik xususiyatlari (ijodiy, hisciy-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari)ga ko‘ra takomillashtirilgan tavsiyalardan Surxondaryo xalq ta’limi taa’sarufidagi bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs san’ati yo‘nalishidagi o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 05-12-10-4207-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy raqs san’atini o‘rgatish tizimini  mazmuni mul`tipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari maqsad (ijtimoiy buyurtma, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar), pedagogik jarayon (kasbiy kompetensiyaning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlariga ustuvorlik berish asosida faoliyatli model takomillashtirishda Surxondaryo xalq ta’limi taa’sarufidagi muassalarida Termiz davlat universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan “Musiqa ta’limi hamda san`at nazariyasi va amaliyoti integratsiyasini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida o‘quvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 maydagi 89-02-571-son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish