Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismoilov Olimjon Yusupjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarni fosh etish usullarini takomillashtirish”, 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu520.
Ilmiy rahbar: Karimov Vaxobjon, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Axrorov Baxrom Jabbarovich, yuridik fanlari doktori, professor; Kabilov Sharifjon Raximovich, yuridik fanlari doktori, professori.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarni fosh etish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
latent hodisa sifatida korrupsiya ko‘lamini o‘lchash qiyinligini e’tiborga olib, ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish va ko‘rsatish imkonini beruvchi GAT texnologiyalaridan foydalanish orqali korrupsiyani hududiy birliklarda o‘lchash mumkinligi asoslantirilgan;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik tartib-qoidalarni soddalashtirish, «yagona darcha» tamoyilini yanada rivojlantirish, amaldorlarning immunitetlarni bekor qilish, ularning yaqin qarindoshlari uchun ham yillik daromadlar, xarajatlar, mol-mulki va qarzlar uchun deklaratsiya to‘ldirish amaliyotini joriy etish zarurligi asoslantirilgan;
korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarning paydo bo‘lishiga ijtimoiy-psixologik muhitning turlicha (ijobiy-salbiy) ta’siri, shuningdek, salbiy ijtimoiy-psixologik muhitni mazkur jinoyatlar ko‘lamini ortishiga qulay zamin yaratishini e’tiborga olib, bu turdagi jinoyatlarni ommaviy axborot vositalari (OAV) yordamida, keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, unga qarshi kurashning samarali usullaridan biri ekanligi asoslangan; 
o‘xshash tipdagi ma’muriy birliklarda va ma’lum jamoada korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarning ma’muriy analogiya usulida huquqiy baholash mexanizmi taklif etilib, bu usulda kriminogen vaziyat eng kam ehtimoliy xato ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy ishning natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
latent hodisa sifatida korrupsiya ko‘lamini o‘lchash qiyinligini e’tiborga olib, ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish va ko‘rsatish imkonini beruvchi GAT texnologiyalaridan foydalanish orqali korrupsiyani hududiy birliklarda o‘lchash mumkinligi yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi O‘RQ-617-son “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligini 2021 yil 30 noyabrdagi 11/12-2/1634 vx-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mazkur turdagi jinoyatlar masshtabi,tarqalishi va  sabablari haqidagi aniq va to‘liq ma’lumotlarni bilish asosida jinoyat protsessida  ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish imkonini  kuchaytirgan;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik tartib-qoidalarni soddalashtirish, «yagona darcha» tamoyilini yanada rivojlantirish, amaldorlarning immunitetlarni bekor qilish, ularning yaqin qarindoshlari uchun ham yillik daromadlar, xarajatlar, mol-mulki va qarzlar uchun deklaratsiya to‘ldirish amaliyotini joriy etish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PF-6257 sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsion omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini 2021 yil 30 noyabrdagi 11/12-2/1634 vx-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi korrupsion jinoyatlarni minimallashtirish va ogohlantirish, mansabdor shaxslar faoliyatini nazorat qilish va ularni hisobga olinmagan yoki noqonuniy daromadlarini aniqlash sohasida ijobiy samara bergan;
korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarning paydo bo‘lishiga ijtimoiy-psixologik muhitning turlicha (ijobiy-salbiy) ta’siri, shuningdek, salbiy ijtimoiy-psixologik muhitni mazkur jinoyatlar ko‘lamini ortishiga qulay zamin yaratishini e’tiborga olib, bu turdagi jinoyatlarni ommaviy axborot vositalari (OAV) yordamida, keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, unga qarshi kurashning samarali usullaridan biri ekanligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 12/21-45vx-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi aholining korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlar va ularning kelib chiqishida ijtimoiy-psixologik omilni o‘rni haqidagi tushunchalarini kengaytirgan, huquqiy ong va savodxonligini ko‘tarilishiga olib kelgan; 
o‘xshash tipdagi ma’muriy birliklarda va ma’lum jamoada korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarning ma’muriy analogiya usulida huquqiy baholash mexanizmi taklif etilib, bu usulda kriminogen vaziyat eng kam ehtimoliy xato ekanligi yuzasidan taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-658-son Qonunni qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini 2021 yil 30 noyabrdagi 11/12-2/1634 vx-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi hududiy birliklarda kriminogen vaziyatni hamda korrupsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlar miqdorini qiyosiy o‘lchash, ogohlantirish hamda rasmiy statistik ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirish, yolg‘on axborot tarqatishni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish