Mavlyanov Zafar Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchi somatotipi va uning sport genlari bilan bog‘liqligi»,
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib155.
Ilmiy rahbar: Ashirmetov Abdurashid Xamidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Komilova Roza Talanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportchi-futbolchilarning morfologik va genetik xususiyatlarini va ularni jamoaviy o‘yin samaradorligi bilan o‘zaro assotsiativ bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor milliy futbol jamoalari futbolchilarida ACTN3, HIF1A vaAMPD1 genlari polimorfizmi alel` va genotip variantlari bilan ta’minlanganlik darajasi isbotlangan;
sport genlari alel` va genotip variantlari bilan qator antropometriya va kompozision ko‘rsatkichlar hamda futbolchilarning texnik-taktik faolligi darajasi orasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
ACTN3 genining R allel` variantiga ega futbolchilar XX genotipga ega futbolchilardan farqli qisqa davomli o‘yin jarayonida yuqori taktik-texnik faollikni namoyon etishi va bu faollik uzoq muddatli o‘yin mobaynida saqlanmasligi aniqlangan;
ACTN3 genining R allel` va RR genotip variantlarini uchrashi tub aholiga mansub bo‘lgan futbolchilarga nisbatan tub aholiga mansub bo‘lmagan futbochilarda, yarim himoyachilarga nisbatan hujumchilarda yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
futbolchilar faoliyati samaradorligi va futbol jamoalari o‘yinlari natijadorligini oshirishga qaratilgan “Sportchi-futbolchilar somatotipi va uning sport genotipi bog‘liqligi” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 avgustdagi 8N-D/110-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma futbolchilarni somatotip ko‘rsatkichlari bilan ulardagi sport genlari genotip variantlari orasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda taktik-texnik harakatlar samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;
jamoaviy o‘yinlarda sport samaradorligini ta’minlashga olib keluvchi jismoniy xususiyatlarning namoyon bo‘lishida zarur bo‘lgan optimal antopometriya va somatotip ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan natijalar sport tibbiyoti amaliyotiga, jumladan “Mashal” PFK va “Aral Samali” PFK sport tibbiyoti shifokorlari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 23 fevraldagi 8n-z/21-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy etilishi mashq o‘yinlari va o‘rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilar taktik-texnik faolliklarini 1,4-1,9 barobarga oshirish imkonini bergan.