Mengliev Islom Abdumuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning fanlararo bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi (tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1975.
Ilmiy rahbar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Rasul Nortojievich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; Lutfullaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishlarida fanlararo bog‘liqlikni axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy fanlarda talabalarning fanlararo bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid turli tipdagi masalalarni o‘qitish holatini o‘rganish va tanlash mexanizmlari axborot texnologiyalariga asoslangan echish metodikasi jarayonida psixologik ta’sir ko‘rsatish hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minotidan unumli foydalanish orqali takomillashtirilgan;
kimyo ta’lim yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda uglerodorod molekulasi atomlarining topologik xossalari bo‘lgan molekuladagi uglerod atomlari soni, uglerod-uglerod bog‘lanishlari soni va molekuladagi xalqalar sonini axborot texnologiyalariga asoslangan model`-algoritm-dastur uchligi g‘ayriodatiy mohiyatdan voqelikga o‘tish asosida takomillashtirilgan;
biologiya va tibbiyot ta’lim yo‘nalishlari talabalarining fanlararo bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishda qandli diabet kasalligida inson organizmidagi qand va insulin miqdorning o‘zgarishi dinamikasini axborot texnologiyalariga asoslangan model`-algoritm-dastur uchligi fanlararo bog‘liqlikni tadqiq etishning hisoblash eksperimentiga asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish takomillashtirilgan;
fanlararo bog‘liqlikka oid turli masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va axborot texnologiyalariga asoslangan echish metodikasi strategiyasining metod, shakl, vosita va yo‘llarini aniqlash, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga fanlararo bog‘liqlikni o‘rganishga oid turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish tamoyillari va axborot texnologiyalariga asoslangan echish metodikasini takomillashtirishda talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tabiiy fanlarda talabalarning fanlararo bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid turli tipdagi masalalarni o‘qitish holatini o‘rganish, tahlil qilish va tanlash mexanizmlari axborot texnologiyalariga asoslangan echish metodikasi jarayonida psixologik ta’sir ko‘rsatish hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minotidan unumli foydalanish orqali bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” amaliy tadqiqotlari ilmiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 10 iyundagi 01-1471-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarda talabalarning fanlararo bog‘liqlik bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishni model`-algoritm-dastur uchligi asosida tadqiq etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
kimyo ta’lim yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda uglerodorod molekulasi atomlarining topologik xossalari bo‘lgan molekuladagi uglerod atomlari soni, uglerod-uglerod bog‘lanishlari soni va molekuladagi xalqalar sonini axborot texnologiyalariga asoslangan model`-algoritm-dastur uchligi g‘ayriodatiy mohiyatdan voqelikga o‘tish asosida takomillashtirishni qo‘llashga taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat universitetining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F4-64 “Birjinslimas g‘ovak muhitlarda suyuqlik sizishi va moddalar ko‘chishi gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2022 yil 17 iyundagi ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, topologik xossalari bo‘lgan molekuladagi uglerod atomlari soni, uglerod-uglerod bog‘lanishlari soni va molekuladagi xalqalar sonini axborot texnologiyalariga asoslangan model`-algoritm-dastur uchligiga oid masalalarni sonli echish algoritmi va dasturiy ta’minoti yaratilgan;
biologiya va tibbiyot ta’lim yo‘nalishlari talabalarining fanlararo bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishda qandli diabet kasalligida inson organizmidagi qand va insulin miqdorning o‘zgarishi dinamikasini axborot texnologiyalariga asoslangan model`-algoritm-dastur uchligi fanlararo bog‘liqlikni tadqiq etishning hisoblash eksperimentiga asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” amaliy tadqiqotlari ilmiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 10 iyundagi 01-1471-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlarda talabalarning fanlararo bog‘liqlik bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishni model`-algoritm-dastur uchligi asosida tadqiq etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
fanlararo bog‘liqlikka oid turli masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va axborot texnologiyalariga asoslangan echish metodikasi strategiyasining metod, shakl, vosita va yo‘llarini aniqlash, ularning samaradorligini oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan bajarilishi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan IL-392103072 “Chorvachilik komplekslarini elektron boshqarishning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining 2022 yil 23 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, qandli diabet kasalligini tahlil qilish dasturiy ta’minoti yaratilgan.