Jumaeva Gulnara Tursunpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish», 13.00.01 –Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.3.PhD/Ped2682.
Ilmiy rahbar: Chariev Irgash To‘raevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoza Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori,  professor;  Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.     
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy madaniyat tushunchasi mazmunining falsafiy, pedagogik, psixologik, sotsiologik tavsifi hamda maktab o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini  rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari refleksiv ko‘nikmalar bilan aloqadorligi  aniqlashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarida  kasbiy madaniyat rivojlanganligini belgilovchi qadriyatli, gnoseologik, faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholashga doir mezonlari   improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik  berish  asosida aniqlashtirilgan;
gumanistik-qadriyatli, akmeologik, kreativlik, refleksivlik, deontologik yondashuvlar ustuvorligini ta’minlash hamda mazmunli, metodologik, faoliyatli-texnologik va natijaviy-baholash kabi komponentlarning uzviy aloqadorligini inobatga olish asosida maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minotidan unumli foydalanish orqali takomillashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalarini o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan holda  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:    
kasbiy madaniyat tushunchasi mazmunining falsafiy, pedagogik, psixologik, sotsiologik tavsifi hamda maktab o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini  rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari refleksiv ko‘nikmalar bilan aloqadorligini  aniqlashga doir taklif va tavsiyalardan 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son  farmoni mazmuniga singdirilgan, asosiy maqsad, xalq ta’limi xodimlarining kasbiy madaniyati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02/02-748-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishda, fan dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda o‘qituvchi kasbiy madaniyati, kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan vazifalarini ishlab chiqishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktab o‘qituvchilarida  kasbiy madaniyat rivojlanganligini belgilovchi qadriyatli, gnoseologik, faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholashga doir mezonlari   improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustuvorlik  berish  asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 134-sonli farmoni bilan tasdiqlangan milliy dasturga asosan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi uchun ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturi asosida pedagog kadrlar uchun maxsus kontentlarni yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02/02-748-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
gumanistik-qadriyatli, akmeologik, kreativlik, refleksivlik, deontologik yondashuvlar ustuvorligini ta’minlash hamda mazmunli, metodologik, faoliyatli-texnologik va natijaviy-baholash kabi komponentlarning uzviy aloqadorligini inobatga olish asosida maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minotidan unumli foydalanish orqali bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga  doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 134-sonli farmoni bilan tasdiqlangan milliy dasturga asosan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi uchun ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturi asosida pedagog kadrlar uchun maxsus kontentlarni yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02/02-748-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarda kasbiy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan.
maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi maqsadli-motivli, axborotli-mazmunli, faoliyatli hamda refleksiv-baholash kabi bosqichlarning o‘zaro ichki integratsiyasini fanlararo aloqadorlik mazmunidagi shakl, metod va vositalarini o‘ziga xos xususiyatlari va ularni  amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan holda  ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son  farmoni mazmuniga singdirilgan, asosiy maqsad, xalq ta’limi xodimlarining kasbiy madaniyati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02/02-748-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarda kasbiy madaniyatni rivojlantirishning  mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish