Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta qatlami izolyasion arbolitdan bo‘lgan uch qatlamli temirbeton elementlarning yuk ko‘tarish qobilyati”, 05.09.01 - “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Ilmiy rahbar: Akramov Xusniddin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xodjaev Abbos Agzamovich, hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Valiahmad.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta qatlami izolyasion arbolitdan bo‘lgan uch qatlamli temirbeton elementlarining yuk ko‘tarish qobiliyatini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arbolit tashkil etuvchilari (sement va sholi qobig‘idan) foydalanilgan holda, o‘rtacha zichligi 350 – 400 kg/m3, mustahkamligi 0,3 – 1 MPa bo‘lgan issiqlik izolyasion material ishlab chiqilgan;
elastik bog‘langan armatura sterjenlarining siljituvchi kuch ta’sirida siljishlarning miqdori elastik bog‘langan armatura sterjenlarining betonga qistirib mahkamlangan uzunligini chetki qatlamlar orasidagi masofani elastik bog‘langan armatura sterjenning 1,6 diametr yig‘indisiga tengligi aniqlangan;
uch qatlamli temirbeton konstruksiyalarning izolyasion qatlamiga tavsiya etilgan ratsional tarkibli sement va sholi qobig‘idan iborat bo‘lgan izolyasion arbolitdan foydalanish hisobiga mustahkamligi o‘rtacha 15% gacha, yoriqbardoshligi va salqiligi 10% gacha oshgani ta’minlangan;
uch qatlamli devor panellarini loyihalashda ishlab chiqilgan hisoblash usulini qo‘llanilishi hisobiga ishchi armaturaning sarfi 1 m3 mahsulot uchun 8% gacha qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta qatlami izolyasion arbolitdan bo‘lgan uch qatlamli temirbeton elementlarining yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta qatlami izolyasion arbolitdan bo‘lgan uch qatlamli panellar namunasi tayyorlanib sinovdan o‘tkazilib “CONCRET BUILD” MChJda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 03-07/01-2337-son ma’lumotnomasi). Natijada izolyasion arbolit uch qatlamli panellarning mustahkamligini 15% gacha, salqilik va yoriqbardoshlik xossalarini 10% gacha oshirishga erishilgan;
elastik bog‘langan armatura sterjenli o‘rta qatlami izolyasion arbolitdan bo‘lgan uch qatlamli panellar “QQGORSELPROYEKT” MChJda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 03-07/01-2337-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik taraflardan solishtirilganda 1 m3 mahsulot uchun an’anaviy bir qatlamli keramzitbeton panellardan 17,2% va mineral paxta izolsion qatlamga ega uch qatlamli panellardan 11,5% ga arzonlashtirishga erishilgan.