Nugmanova Umidaxon Taxirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshdagi bolalarning uyg‘un rivojlanishining ilmiy – amaliy asoslarini shakllantirish» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib332.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xazm tizimining ayrim qismlari shilliq qavatining rivojlanishi va shakllanishi bilan tabiiy (ona suti) va sun’iy (bir xil turdagi sun’iy sut aralashmalari) oziqlantirish bilan yosh bolalarning uyg‘un rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ovqat hazm qilish tizimi a’zolari faoliyatining tarkibiy ekvivalentlari tabiiy ovqatlanishdagi o‘zgarishlar dinamikasida va ular o‘rtasidagi munosabatlarda asoslangan;
ovqat hazm qilish hazm tizimi a’zolari faoliyatining tarkibiy ekvivalentlari bir xil turdagi (sun’iy) ovqatlanishdagi o‘zgarishlar dinamikasida va ular o‘rtasidagi munosabatlarda asoslangan;
sun’iy oziqlanishdagi ovqat hazm qilish tizimi a’zolari faoliyatinining tarkibiy ekvivalentlari o‘zgarishlarini ichak mikroflorasi normallash yo‘li bilan tiklanishi isbotlangan;
ilk bor turli xildagi oziqlanish turiga, hamda ichak mikroflorasining shakillanishiga qarab ovqat hazm qilish tizimi a’zolari shilliq qavatining rivojlanishi va shakillanishidagi o‘zgarishlarini bolalar antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘sish dinamikasidagi o‘zgarishlarining bog‘liqligi aniqlangan; 
 ilk bor me’da-ichak trakti mikroflorasini normallashtirish orqali bolalarni barkamol rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy va sun’iy oziqlantirishning modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta yoshdagi bolalarning uyg‘un rivojlanishining ilmiy – amaliy asoslarini shakillantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy va sun’iy oziqlantirish bilan yosh bolalarga tibbiy-profilaktika yordami ko‘rsatish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Hayotning erta postnatal davrida eksperimental oziqlantirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 8n-z/404-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nomutanosib, me’yoriy darajada bo‘lmagan ovqat me’da va ingichka ichak shilliq qavatidagi struktur-funksional o‘zgarishlar atrofiyaga sabab bo‘lishini asoslab berib, noratsional oziqlanishning salbiy ta’sirini oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
bir turdagi sun’iy  oziqlanishda me’da va ingichka ichakning struktur-funksional moslashuv jarayonini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ratsional ovqatlanish asosida bolalar kasalliklarini davolash va oldini olish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida hazm qilish va so‘rilishni jarayonini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 8n-z/404-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nomutanosib, me’yoriy darajada bo‘lmagan ovqat me’da va ingichka ichak shilliq qavatidagi struktur-funksional o‘zgarishlar atrofiyaga sabab bo‘lishini asoslab berdi, noratsional oziqlanishning salbiy ta’sirini oldini olishga va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
sun’iy oziqlanishda me’da va ingichka ichakda kuzatilgan struktur-funksional adaptatsiya jarayonining asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 46-son oilaviy poliklinikasi, 1-son bolalar klinik shifoxonasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy ilmiy-amaliy laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 dekabrdagi 08-38977-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ona suti, hamda sun’iy sut aralashmalari bilan oziqlangan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ichak mikrobiotsinozi faoliyatini normallash natijasida antropometrik va intellektual qobiliyatining rivojlanishidagi nisbiy farqni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish