Maxmudova Ziyoda Taxirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ratsional oziqlanish va ichak mikrobiotsenozi asosida erta yoshdagi bolalarning psixosomatik holatining shakllanishi (klinik-eksperimental tadqiqot)» 14.00.02–Morfologiya va 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib331.
Ilmiy rahbarlar: Raxmatova Mukaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xaydarov Nodir Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Nargiza Obidjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: go‘dak yoshdagi bolalarni tabiiy va sun’iy oziqlantirishda normal ichak mikroflorasi hamda uyqu va bedorlik shaklida uyg‘un psixosomatik holat shakllanishi o‘rtasidagi dinamik bog‘liqlikni aniqlandan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy va sun’iy oziqlantirish sharoitida tug‘ruq davridan so‘ng go‘daklar ichak mikrobiotsinozining rivojlanishi va ingichka ichak shilliq qavati limfoid apparatining shakllanishi o‘rtasida mutanosiblik aniqlangan;
tabiiy va sun’iy oziqlantirish sharoitida tug‘ruq davridan so‘ng go‘daklarning ichak mikrobiotsinozi rivojlanishi bilan birga go‘daklarning psixosomatik holatining shakllanishi aniqlangan;
tabiiy va sun’iy oziqlantirishda go‘dak yoshdagi bolalarning normal ichak mikroflorasi hamda uyqu-bedorlik sikli shaklida uyg‘un psixosomatik holatning rivojlanishi va neyrofiziologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi dinamik bog‘liqlik aniqlangan;
tabiiy va sun’iy oziqlantirish sharoitida ichak mikroflorasini tartibga solish orqali, go‘dak yoshidagi bolalarda psixosomatik holatni boshqarish mexanizmlari asoslangan;
tabiiy va sun’iy oziqlantirishda oshqozon-ichak trakti mikroflorasini normallashtirish orqali go‘dak yoshidagi bolalarning neyrofiziologik rivojlanishi profilaktikasi algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ratsional va noto‘g‘ri oziqlantirishda ingichka ichakning strukturaviy-funksional o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli oziqlantirishda ingichka ichak strukturaviy-funksional tizimining moslashish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ichak mikroflorasini normallashtirish orqali go‘dak yoshidagi bolalarning uyg‘un psixosomatik rivojlanishini uchun muhim sharoitlarni optimallashtirish» nomli usulbiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyuldagi 8n-z/382-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ingichka ichak strukturasining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan noto‘g‘ri ovqatlanishni baholash, noto‘g‘ri ovqatlanishning salbiy ta’sirini oldini olish imkonini bergan;
tabiiy va sun’iy oziqlantirishda organlararo va ichki organlar moslashuvining strukturaviy mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Go‘dak yoshidagi bolalarni uyg‘un psixosomatik rivojlantirish maqsadida normal ichak mikroflorasini normallashtirish dasturi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyuldagi 8n-z/382-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur tabiiy va sun’iy oziqlantirish bilan guruhlarda antropometrik va intellektual farqlarning pasayishiga olib keladigan probiotiklarni joriy etish samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
tabiiy (ko‘krak) va sun’iy oziqlantirishda go‘dak yoshdagi bolalarning normal ichak mikroflorasi hamda uyqu-bedorlik sikli shaklida uyg‘un psixosomatik holatni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 46-son oilaviy poliklinikasi va 1-son bolalar klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 dekabrdagi 08-38976-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida balanslashtirilgan nutrientli terapiyani ishlab chiqish imkonini bergan.