Fayziev Otabek Yakupdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda abdominal operatsiyalarda mul`timodal anesteziya va analgeziya», 14.00.09-Pediatriya va 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. PhD/Tib1109.
Ilmiy rahbar: Satvaldieva El`mira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika bolalar milliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Djurabay Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda abdominal operatsiyalarda multimodal umumiy anesteziya va epidural anesteziya (MUA+EA) optimallashtirilgan uslubni tadbiq qilish va anesteziologik ta’minotni samaradorligi va xavfsizligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bupivakain bilan epidural anesteziya asosidagi past gaz oqimi bo‘yicha propofol, fentanil va sevofluranli multimodal umumiy anesteziya usuli (MUA+EA) kabi optimallashgan usuli ishlab chiqarilgan;
bolalardagi travmatik abdominal operatsiyalarda markaziy va periferik gemodinamika, sterss-gormonlar miqdori, simpato-adrenal tizim, kislota-asos va qondagi gazlar holati, kapnometriya va pul`soksimetriya ko‘rsatkichlari, shuningdek, operatsiyadan keyingi erta davrda og‘riq sindromini baholash bilan kechuvi hamda ushbu uslub samaradorligini kompleks tekshiruviga asoslangan;
bupivakain bilan MUA+EA ko‘p bosqichli blokadasini o‘tkazish usuli abdominal profilli bolalarda anesteziologik himoyani ortishiga yordam berishi tasdiqlandi, jarrohlik stressining muqobil ta’siridan samarali himoyaga erishishi aniqlangan;
tavsiya etilgan bupivakain bilan MUA+EA usuli stress-javobni yaxshi bostiradi, simpato-adrenal va gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi aktivligini pasaytiradi, markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlarini aniqlangan;
optimallashtirilgan bupivakain bilan MUA+EA uslubi operatsiyadan keyingi erta davrning davomiy 5-7 soatgacha og‘riqsiz, kam asoratli qulay kechishini ta’minlab, operatsiyadan keyingi erta davrida hayot sifatini yaxshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda abdominal operatsiyalarda multimodal anesteziya va analgeziya texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalari asosida:
bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida multimodal anesteziya qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida multimodal anesteziya qo‘llash orqali og‘riqsizlantirish samaradorligini oshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 8n-r/617-son ma’lumotnomasi). Natijada minimal dozadagi turli xil preparatlar bilan kombinirlangan mul`timodal og‘riqsizlantirish bemorlarda travmatik abdominal jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganda yurak-qon tomir tizimi funksiyasi uchun qulay sharoitlarni yuzaga kelishiga imkonini bergan;
bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida kombinirlangan mul`timodal anesteziyaning komponenti sifatida sevoranni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida kombinirlangan mul`timodal anesteziyaning komponenti sifatida sevoranni qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirliginin 2020 yil 18 iyundagi 8n-r/161-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida kombinirlangan mul`timodal anesteziyaning komponenti sifatida sevoranni qo‘llashda davoning samaradorligini isbotlash imkonini bergan;
bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida bupivakain bilan MUA+EAda anesteziya kechishi va o‘tkazish usulini tanlovini optimallashtirish imkonini bergan. Qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida multimodal anesteziya va analgeziyani takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali bolalar anesteziologiyasi, reanimatologiya va intensiv terapiya bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan. Natijada anesteziologik yordamning taklif etilgan usulini tadbiq etish natijalari operatsiya davridagi va operatsiyadan keyingi asoratlarni 2 baravarga, reanimatsion bo‘limda bemorlar qolish vaqtini, shuningdek jarrohlik muolajasiga bo‘lgan sarf-harajatni an’anaviy opioid anesteziya bilan taqqoslanganda 1,5 barobar qisqarishini ta’minlash imkoni yaratilgan.