Avliyaqulov Tolib Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-11 sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Ped2061.
Ilmiy rahbar: Chariev Irgash To‘raevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharafovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qosimov Shavkat O‘rolovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish hamda bu jarayonni samarali kechishini ta’minlashga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonlari va individual-shaxsiy xususiyatlarining (maqsad aniqligi, refleksiya, prognozlash kabilar) o‘zaro aloqadorligi kasbiy orientatsiyaning ichki anglanganlik darajasi determinalligi va adekvatligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
kasbga yo‘naltirishning kvaziprofessional tuzilmasi faoliyat tarkibiy asoslari (tabiiy-genetik, muhitli-vaziyatli, yo‘naltiruvchi, atraktorli (qadriyatlar, an’analar), kogerentlik (o‘zaro aloqadorlik)) hamda hayotiy maqsadlarni o‘rnatish bilan bog‘liq siklik tavsif va ierarxik namoyon bo‘lish mantiqining uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bosqichlarining amaliy komponentlari tarkibi texnologik ta’lim mazmuniga doir o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning an’anaviy va raqamli interfaol yondashuvlarning praksiologik aspektlarini kiritish asosida kengaytirilgan;
10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning didaktik ta’minoti (rolli, ishbop, situativ, kreativ o‘yin va mashqlar) ustoz-shogird an’analari va professional ta’lim integratsiyasiga asoslangan milliy-kasbiy tizimini yirik bloklarda konsentrlashda kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishning didaktik ta’minotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonlari va individual-shaxsiy xususiyatlarining (maqsad aniqligi, refleksiya, prognozlash kabilar) o‘zaro aloqadorligi kasbiy orientatsiyaning ichki anglanganlik darajasi determinalligi va adekvatligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga doir takliflardan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi 46-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ustoz shogird” an’anasi bo‘yicha yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 sentyabrdagi 01/11-02/02-1378-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunarga yo‘naltirishning didaktik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha kasbiy faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan;
kasbga yo‘naltirishning kvaziprofessional tuzilmasi faoliyat tarkibiy asoslari (tabiiy-genetik, muhitli-vaziyatli, yo‘naltiruvchi, atraktorli (qadriyatlar, an’analar), kogerentlik (o‘zaro aloqadorlik)) hamda hayotiy maqsadlarni o‘rnatish bilan bog‘liq siklik tavsif va ierarxik namoyon bo‘lish mantiqining uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” amaliy tadqiqot loyihasi doirasidagi “Kasbim-kelajagim” nomli yagona kasbiy axborot platformasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 sentyabrdagi 01/11-02/02-1378-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik-psixologik, falsafiy, huquqiy, ijtimoiy yondashuvlar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bosqichlarining amaliy komponentlari tarkibi, texnologik ta’lim mazmuniga an’anaviy va raqamli interfaol yondashuvlarning praksiologik aspektlari, 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning didaktik ta’minoti (rolli, ishbop, situativ, kreativ o‘yin va mashqlar) ustoz-shogird an’analari va professional ta’lim integratsiyasi, milliy-kasbiy tizimni yirik bloklarda konsentrlash algoritmiga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” amaliy tadqiqot loyihasi doirasidagi “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 17 sentyabrdagi 01/11-02/02-1378-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy kompetentlikka ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning umumkasbiy kompetensiyalarni egallash tizimini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish