Boboqulova Dilfuza Mengliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda oila hamkorligi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2097.
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda oila hamkorligini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalari milliy an’ana, diniy qadriyatlar mutanosibligining mental etnopedagogik xususiyatlarini  uyg‘unlashtirish,  iqtisodiy tarbiyalash ko‘nikmalarini oila hamkorligi  orqali shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
 o‘quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda bolaning mehnat bozori talablari asosida rivojlanishining iqtisodiy tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish orqali oila hamkorligiga bag‘ishlangan interfaol metod, vositasida tarbiyalashning modeli ishlab chiqilgan; 
 o‘quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalari oila hamkorligiga bag‘ishlangan tarbiyaviy tadbirlar rejasini shakllantirish, sinf va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida interfaol usullarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda oila hamkorligiga doir uzluksiz pedagogik mexanizmining innovatsion texnologiyalari, uning eksperimental darajasi, mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda oila hamkorligiga doir o‘qitish shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda milliy an’ana, diniy qadriyatlar mutanosibligini mental etnopedagogik xususiyatlarini  uyg‘unlashtirish,  iqtisodiy tarbiyalash ko‘nikmalarini oila hamkorligi  orqali shakllantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosidagi natijalardan  “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-078-son guvohnomasi). Natijada ushbu o‘quv qo‘llanma o‘quv mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik bosqichlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda bolaning mehnat bozori talablari asosida rivojlanishining iqtisodiy tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish orqali oila hamkorligiga bag‘ishlangan  interfaol metod, vositasida tarbiyalashning hamkorlik modeli “O‘quvchilarga dastlabki tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarini shakllantirishda oila bilan hamkorlik texnologiyasi” deb nomlangan  qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazining 2022 yil 16 martdagi  yil 01/11-03/10-348-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu model va tavsiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yaxlit tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyani shakllanishining amaliy texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini  shakllantirishda oila hamkorligiga bag‘ishlangan tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, sinf va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida  interfaol usullarga mutanosib tarzda takomillashtirishga doir tavsiyalardan Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv va tarbiyaviy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi  huzuridagi ta’lim markazining 2022 yil 16 martdagi 01/11-03/10-348-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirish samaradorligiga erishilgan
o‘quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda oila hamkorligiga doir uzluksiz pedagogik mexanizmining innovatsion texnologiyalari, uning eksperimental darajasi, mezonlari ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalaridan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf  2-sinf “Tarbiya”, 2-sinf “Matematika”, 4-sinf “Texnologiya”,  3-sinf “O‘qish” o‘quv fanlarining dars va darsdan tashkari mashg‘ulotlariga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi  huzuridagi ta’lim markazining 2022 yil 16 martdagi 01/11-03/10-348-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu model va tavsiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yaxlit tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyani shakllanishini  takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish