Nurulloev Firuz No‘monjonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi (moodle platformasi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped360.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining “Pedagogik dasturiy vositalar” fanini o‘qitishda moodle platformasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda o‘qitishning faoliyatga, jarayonga va tizimga hamda zanjirsimon tizimga yo‘naltirilgan zamonaviy tendensiyalarini yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘quv-metodik materiallarini uyg‘unlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
fandan tayyorlangan didaktik ta’minot talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligi pragmatik pedagogik tamoyillari va pedotsentrizm g‘oyalarini zamonaviy texnologiyalar vositasida o‘qituvchilarning axborot ta’lim resurslari, zamonaviy adabiyotlarning elektron kataloglari produktiv ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligining didaktik ta’minoti axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi kreativ faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodik, texnologik, integrativ test, savol-topshiriqlarni bajarish metodlari uyg‘unlashtirilib, ularning antinomiya qobiliyatlari tashkiliy-metodik komponent sifatida innovatsion o‘qitish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining moodle platformasi asosida o‘qitish samaradorligini aniqlovchi kvalitologik baholash mezonlari va tayyorgarligini rivojlantirish darajalariga oid ta’lim jarayoni sub’ektlarining hamkorlikdagi faoliyati tashkiliy-ijrochilik, refleksiv-umumlashtiruvchi bosqichlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda moodle platformasidan foydalanish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda o‘qitishning faoliyatga, jarayonga va tizimga hamda zanjirsimon tizimga yo‘naltirilgan zamonaviy tendensiyalarini yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik materiallarini uyg‘unlashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i, 166-162 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning metodik jihatlarini tahlil qilish asosida ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning nazariy-metodik tayyorgarligining didaktik ta’minoti axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi kreativ faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodik, texnologik, integrativ test, savol-topshiriqlarni bajarish metodlari uyg‘unlashtirilib, ularning antinomiya qobiliyatlari tashkiliy-metodik komponent sifatida innovatsion o‘qitishga doir taklif va tavsiyalar 5110700–Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish Tadqiqotlari va Ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 sentyabrdagi 02/01-01-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining moodle platformasi asosida o‘qitish samaradorligini aniqlovchi kvalitologik baholash mezonlari va tayyorgarligini rivojlantirish darajalariga oid ta’lim jarayoni sub’ektlarining hamkorlikdagi faoliyati tashkiliy-ijrochilik, refleksiv-umumlashtiruvchi bosqichlarga ustuvorlik berish asosida amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetining OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning “O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanganlik darajalarini tadqiq qilish uslubi” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 8 fevraldagi 1-04/01-0311-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning moodle platformasi orqali o‘zini o‘zi nazariy-metodik rivojlantirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan.